Yaponiya metrosida navbatda turish madaniyati
Navbatda turiş madaniyati
Yaponiyada metro juda qulay jamoat transporti, şu sababli odamlar oqib kelyapti metroga (1-rasm).
Bekatlari biznikiday çiroyli emas, oddiy qurilgan. Ammo foydalaniş qulay, nogironlar uçun ham barça şaroitlar bor. Masalan, közi ojizlar uçun hammayoqda maxsus sariq yölaklar qilingan, oyoği bilan his qilib, qiynalmay yurişadi (2-rasm).
Navbatga turiş madaniyatiniku aytmasa ham böladi. Odamlarning tartibli va bağrikeng ekanligiga faqat havas qiliş mumkin.
Eng avvalo vagon eşiklarining qarşisida ipga terilgan marjonday bir qator bölib turib olişarkan (3-rasm). Birorta inson qatorni buzmaydi, buzişga harakat ham qilmaydi. Asalga yopirilgan arilar tödasi kabi eşikka tarmaşiş yöq.
Metro vagonlari kelib töxtagaç, avval tuşadiganlarni ötkazib yuborişadi (4-rasm). Toki hamma tuşib olgungaça sabr bilan kutişadi. Miq etmasdan. Birorta inson uşbu tartibni buzib, özini içkariga urmadi.
Eh... Navbatda turişni örganişimiz kerak. Millatning madaniyat belgilaridan biri bu ham.
👉 @xushnudbek 👈


