Yaponiya safaridan ilk taassurotlar

Albom28-oktabr, 2019, 10:372 daqiqa0 koʻrish

Yaponiyaga yetib keldik.

Ayrim jihatlar:

1-rasm: Çekiş uçun maxsus kabinalar bor, faqat şu yerda çekiladi. Boşqa joyda sigaret çekkanlarga katta jarima solinadi;

2-rasm: valyuta almaştiriş uçun maxsus anketa töldirib, şaxsiy maʼlumotlarni yoziş kerak ekan. Hatto iyena oliş uçun ham. Bu masalada yaponlar bizdan köra ança byurokrat ekan. Bizda ança erkinlik, masalan dollar topşirib, söm olişda heç qanaqa hujjat şartmas;

3-rasm: Narita xalqaro aeroporti atrofida maşina qöyiş uçun juda katta avtoturargohlar bor. Umuman olganda maşina qöyiş ança qulayga öxşab körindi;

4-rasm: Avtoturargohda haydovçilarga möljal oliş osonroq bölişi uçun avtomobil baloniga moslab maxsus kiçik betonlar qöyilgan;

5-rasm: ISUZU maxsus turistik avtobusida bizni Tokio markaziga olib ketişmoqda. Eng qiziği hatto avtobusda ham xavfsizlik kamari taqişimizni söraşdi. Bizda yölovçilar tugul, kezi kelsa haydovçilar ham xavfsizlik kamari taqişni öziga or deb biladi, tavba. Qoidalarga amal qilişni yaponlardan örganiş kerak.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek