Til hurmati: Koreya va Özbekiston aviakompaniyalari qiyosi

Matn28-oktabr, 2019, 08:381 daqiqa0 koʻrish

​​Til hurmati

Tokioga «Korean Air» aviakompaniyasida Inçxon orqali uçdik. Diqqatimni bir jihat tortdi. Samolyot bortida har qanday yangilik avval koreys tilida, keyin inglizçada eʼlon qilindi. Har qanday yozuvlar avval koreys tilida, ayrimlari faqat koreys tilida. Bundan taşqari uçişdan oldin tuşuntiriladigan xavfsizlik qoidalari faqat koreys tilida aytildi, ekranda inglizça subtitr berildi xolos. Xalqaro reys bu, koreys tilini köpçilik bilmasa kerak, deb ötirişmadi.

Umuman olganda koreyslar öz tilini har qanday holatda qolgan barça tillardan ustun qöyişi körinib turibdi.

«Özbekiston havo yöllari»da esa holat özgaça. Aksariyat styuardessalar özbek tilini umuman bilmaydi. Ayrimlari özbek tilini şunaqangi talaffuz qilişadiki, «ey voh, böldi, boşqa gapirma» deb baqirging keladi.

Şu örinda marhum şoir Erkin Vohidovning quyidagi şeʼri yodga tuşadi:

Tayyorada

Parvoz çoği tayyoraning dilbar kelini
Kök toqini bizga taxti Sulaymon qildi.
Lekin eʼlon öqiganda özbek tilini
Davlat tili bölganiga puşaymon qildi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek