Yuksaliş harakati rus tiliga maqom berişga qarşi çiqdi

Matn4-may, 2019, 19:073 daqiqa0 koʻrish

«Yuksaliş» umummilliy harakati bayonoti

Sönggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda rus tiliga Özbekistonda rasmiy til maqomini beriş haqidagi munozaralar yuzasidan

Maʼlumot uçun: YUNESKO taşkiloti ekspertlari 1953-yilda “davlat tili” va “rasmiy til” tuşunçalarini farqlaşni taklif etgan. Unga köra:

Davlat tili - siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarda maʼlum bir davlatda integratsiya (birlaştiruvçi) vazifasini amalga oşiradigan, şuningdek uşbu davlatning ramzi sanaladigan tildir.

Rasmiy til – davlat boşqaruvi, qonunçilik, sud jarayoni tilidir.

Uşbu ikki taʼrif tuşuntiriş-tavsiya sifatida qabul qilinadi, barça mamlakatlar uçun majburiy emas.

Özbekiston – köp millatlik davlat. Respublikada 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat qiladi.

Özbekiston aholisining 80 foizdan ortiğini özbeklar taşkil etib, ularning umumiy aholi sonidagi uluşi muntazam oşib bormoqda. Şuningdek, boşqa millatlarning katta jamoalari ham mavjud. 10 foizdan ortiği – Markaziy Osiyo xalqlarining boşqa vakillari (5 foizga yaqini – tojiklar, 3 foizga yaqini – qozoqlar, 2 foizi – qoraqalpoqlar, 1 foizi - qirğizlar, şuningdek turkmanlar va boşqalar). Rus va boşqa slavyan xalqlari vakillari respublika aholisining 10 foizini taşkil qiladi.

Özbekiston Respublikasining “Davlat tili töğrisida”gi Qonuniga (yangi tahrir) muvofiq, Özbekiston Respublikasining davlat tili özbek tilidir. Özbek tiliga davlat tili maqomining berilişi respublika hududida yaşovçi millat va elatlarning öz ona tilini qöllaşdan iborat konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi. Fuqarolar millatlararo muomala tilini öz xohişlariga köra tanlaş huquqiga egadirlar.

Şuningdek, iş yuritiş va kundalik foydalanişda tillarni tanlaş va işlatiş bilan boğliq muammolar mavjud emas. “Davlat tili töğrisida” gi Qonunga binoan korxonalarda iş yuritiş va boşqa hujjatlar, notarial harakatlar davlat tilida amalga oşiriladi, zurur hollarda rus tilida yoki boşqa tillarda amalga oşirilişi ham mumkin. Özbekiston Respublikasi hududida yaşovçi şaxslarga davlat taşkilotlari va muassasalariga, jamoat birlaşmalariga arizalar, takliflar, şikoyatlar bilan davlat tilida va boşqa tillarda murojaat qiliş huquqi taʼminlanadi.

Davlat tili hamda zamonaviy Özbekiston hududida keng tarqalgan va huquqiy maqomiga özgartirişlar kiritilgan rus tili bilan bir qatorda hududlarda boşqa tillardan ham foydalanib kelinadi. Misol uçun, Qoraqalpoğiston Respublikasida qoraqalpoq tili ham rasmiy til hisoblanadi. Farğona viloyatining Söx tumanida esa aholining aksar qismi etnik tojiklar bölib, u yerda tojik tilida taʼlim olib boriluvçi 24 ta maktab, 2 ta litsey va 2 ta kasb-hunar kolleji mavjud. Surxondaryo, Samarqand, Buxoro, Namangan va boşqa hududlarda tojik tilidagi OAV, maktablar, litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy taʼlim muassasalarining bölimlari faoliyat körsatmoqda. Toşkent va Navoiy viloyatlarida, şuningdek, Qoraqalpoğiston Respublikasida qozoq tilida öqitiladigan maktablar va oliy taʼlim muassasalarining bölimlari mavjud. Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasida turkman tilida taʼlim beriluvçi maktablar faoliyat körsatmoqda.

Yuqorida keltirilgan haqiqatlarni hisobga olgan holda, “Yuksaliş” umummilliy harakati maʼlum bir tilga Özbekiston hududida maxsus maqom berilişini maqsadga muvofiq deb hisoblamaydi. Çetdan kirib kelayotgan har qanday xorijiy til taʼsiri ona tili va milliy madaniyatga soya solişi mumkin.

Bundan taşqari, köp millatli Özbekistonda yuridik jihatdan maʼlum bir tilga davlat tiliga teng bölgan maxsus maqom berilişi jamiyatda qandaydir darajada keskinlik, uning bölinişi va etnik qarama-qarşiliklarni yuzaga keltirişi mumkin.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek