Jurnalist Davlatnazar Rözmetov avtohalokatda vafot etdi
Hamdardlik
Keça xorazmlik jurnalist Davlatnazar Rözmetov avtohalokat natijasida vafot etdi.
Boş prokuratura bergan rasmiy bayonotga köra, 2019-yil 06-noyabr kuni soat 23:55 larda fuqaro S.U. özi işlab kelayotgan korxonasiga tegişli bölgan “Gazel” rusumli avtomaşinani “Urganç-Xiva” yölining 4-kilometrida boşqarib borayotganida, yölni kesib ötayotgan “Jamiyat” gazetasi muxbiri Davlatnazar Rözmetovni urib yuborgan.
Natijasida D.Rözmetov boş qismidan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Urganç tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Öz söziga ega, fidoyi va qörqmas jurnalist Davlatnazar Rözmetovning oila aʼzolari va yaqinlariga çuqur hamdardligimni bildiraman, ilohim, Alloh öz rahmatiga olgan bölsin.
Inna lillahi va inna ilayhi rojiʼun.


