Andijonda 12 tup eldor qarağayi noqonuniy kesildi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganAndijondagi daraxtlar kesilişi böyiça
Ekologiya qömitasi mazkur masala böyiça bayonot berdi.
Dastlabki suriştiruv natijalariga köra, Andijon şahar Perinatal markazi hududida 12 tup “eldor qarağayi” daraxtlari moratoriy talablariga zid ravişda noqonuniy kesilganligi qayd etildi.
“Davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining röyxati”ga Eldor qarağayi (Pinus eldarica) juda çiroyli manzarali daraxt sifatida kiritilgan.
Örganişlar davomida kesilgan daraxtlarning diametr ölçamlari 12 sm dan 40 sm gaça ekanligi, daraxtlarni qonunga xilof ravişda kesiş natijasida ösimlik dunyosiga köp miqdorda zarar yetkazilganligi qayd etildi.
Mazkur huquqbuzarlik holati böyiça hujjatlar qonunçilikda belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiliş organlariga taqdim etiladi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1242



