1hls.uz tizimidagi tölovlar va yangiliklar böyiça izoh

Matn15-yanvar, 2022, 22:481 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Köp berilayotgan savollarga mutasaddilardan izoh oldim:

❓Menga avval yurganlarim uçun pul tölab berilmadiku?

✅ JAVOB: Haqiqatdan maʼlum bir muddat uçun 10 ming qadamdan köproq yurganlar 3 ming sömdan pul töplaşgan, lekin ularning plastik kartalariga taşlab berilmagan. Duşanba kundan boşlab, 15-yanvargaça kimki 10 ming qadam yurib, pul işlagan bölsa BARÇAGA pullar birin-ketin tölab beriladi. Dekabr oyidagi ham, yanvar oyidagi ham. Heç kimda tölanmagan pul qolib ketmaydi.

❓1hls.uz sayti nega işlamayapti?

✅ JAVOB: Bugundan boşlab tizimda texnik özgartirişlar amalga oşiriladi. Çunki ilgari 10 ming qadam uçun tizimda 3 ming söm berilgan bölsa, endi har hafta 100 mln söm va mingta velosiped öynaladi. Buni amalga oşiriş uçun tizimda texnik-dasturiy özgarişlar qiliş kerak. Şu sababli qisqa muddatga vaqtinça tizim işlamay turadi.

❓1hls ilovasini qayerdan yuklab olsa böladi?

✅ JAVOB:

📲 Android uçun yuklab oliş

📲 iOS uçun yuklab oliş

❓Qaçondan 100 mln söm yutiş mumkin?

✅ JAVOB: Barça texnik özgarişlar tugatilgandan söng, Turizm va sport vazirligi qöşimça xabar beradi. Bu pullar bugun yoki ertadan öynalmaydi. Dasturiy özgarişlar qiliş uçun biroz vaqt kerak. Lekin bu uzoqqa çözilmaydi, degan umiddamiz.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 2689
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek