Piyoda yurib 100 million söm yutib oliş imkoniyati

Matn15-yanvar, 2022, 21:412 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Piyoda yurib, 100 million söm yutib olişni xohlaysizmi? Endi buning imkoni bor!

Turizm va sport vazirligi 1hls.uz platformasida kuniga 10 ming qadam yurgan fuqarolarni rağbatlantirişning yangi tizimini maʼlum qildi.

Asosiy özgarişlar quyidagiça:

💰🚲 Endi sutkasiga 10 ming qadam yurganlarni yanada köproq rağbatlantiş maqsadida HAR HAFTA quyidagiça sovrinlar öynalarkan:

Bitta 100 million söm miqdorida pul mukofoti;
Mingta (!!!) velosiped.

📺 Har hafta ğoliblar “Sport” telekanalida jonli efirda tasodifiy tanlab oliş mexanizmi orqali aniqlanadi;

🕵️‍♂️ Ğoliblarni aniqlaş şaffof va xolis bölişi uçun Jamoatçilik nazorati kengaşi tuzildi. Kengaşga deputat Rasul Kuşerbayev raislik qiladi, huquqşunos Xuşnud Xudoyberdiyev va bloger Nikita Makarenko unga örinbosar böladi;

ℹ️ yangi rağbatlantiriş tizimi işga tuşgani munosabati bilan 2022-yil 16-yanvardan boşlab kuniga 10 ming qadam yurganlarga 3 ming söm beriş töxtatiladi;

✅ Lekin 15-yanvargaça 1hls.uz platformasida 10 ming qadam yurgan BARÇA fuqarolarga pullar töliq tölab beriladi.

P.S.: avvalo menga işonç bildirişgani uçun rahmat, umid qilamanki, Rasul aka, Nikita va yana boşqa kengaş aʼozolari bilan birgalikda uşbu yutuqlar öyinini halol, toza va şaffof ötkazilişi uçun qölimizdan kelgan barça işni qilamiz.

Tizimni öziga kelsak, tasavvur qilyapsizmi, har hafta (!) 100 million söm va har hafta mingta velosiped! Bu degani yiliga salkam 50 ming velosiped aholiga bepul tarqatiladi. Bu aholi salomatligi va ekologiyaga juda katta foyda. Şu bahona jamiyatda velomadaniyat rivojlanişi orqali yöllar va infratuzilma ham yaxşilanadi. Çunki velosipedi bor odamlar öz-özidan Hukumatdan va hokimlardan yöllarni töğrilaşni talab qilişni boşlaydi.

Har hafta 100 mln söm ham çakana pul emas. Bitta maşina olsa böladi buni puliga😀 Bizda har qanday pulni darrov maşina bilan ölçab körişadiku ))

❗️Xullas, imkoni bölsa köproq piyoda yuring, 1hls.uz platformasida röyxatdan öting, telefoningizga ilovani yuklab oling va asosiysi halol yöl bilan (yolğon va firib işlatmasdan) millionerga aylaning!

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 4538
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek