Daraxtlar kesilişiga moratoriy eʼlon qilindi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0tahrirlanganPrezident farmoni bilan daraxtlar kesilişiga moratoriy eʼlon qilindi
Unga köra:
Davlat ekologiya qömitasi, Özbekiston Ekologik partiyasi va jamoatçilikning davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilişiga moratoriy (keyingi örinlarda – moratoriy) joriy etiş töğrisidagi taklifi maʼqullandi.
Quyidagilar belgilandi:
a) moratoriy 2019-yil 1-noyabrdan 2020-yil 31-dekabrgaça amal qiladi;
b) moratoriy amal qiliş davrida vakolatli davlat organlariga davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilişiga ruxsatnoma beriş man etiladi, uşbu bandda belgilangan holatlar bundan mustasno;
v) moratoriy:
tabiiy omillar yoki zararkunandalar, ösimliklar kasalliklari taʼsirida zararlangan, qurib borayotgan yoki qurib qolgan, şuningdek, fuqarolarning hayoti va soğliğiga, yuridik va jismoniy şaxslarning mol-mulkiga xavf tuğdiruvçi daraxtlar va butalarni sanitar kesiş va qirqişga;
yoğoç va mevalar oliş uçun östirilayotgan daraxtlar hamda butalarni (terak va tez ösuvçi boşqa navlar, tut plantatsiyalari, mevali daraxtlar va butalar) kesişga;
plantatsiyalarda östirilayotgan va/yoki yuridik va jismoniy şaxslarning mulki hisoblangan daraxtlar hamda butalarni kesişga joriy etilmaydi.
Vazirlik va idoralar, şuningdek, xöjalik boşqaruvi va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari obyektlarni quriş va qurişni loyihalaştiriş uçun yer maydonlarini tanlaş va ajratiş bosqiçida, şuningdek, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini (elektr, gaz va suv taʼminoti, kanalizatsiya, temir yöl hamda avtomobil yöllari va boşqalar) barpo etişda, şu jumladan, daraxtlar va butalarni köçirib ötkaziş amaliyotini qöllaş orqali ularning saqlab qolinişini qatʼiy taʼminlaydi.
Farmonning töliq matni:
http://uza.uz/oz/documents/2030-yilgacha-b-lgan-davrda-zbekiston-respublikasining-atrof-31-10-2019



