Yaponiyaning ijobiy jihatlari va taksi narxlari haqida
«Oka, jaa maqtayvermang»
«Namunça Yaponiyani maqtayverasiz» debdi postlarim ğaşiga tekkan bir muştariy. «Yaponiyaning yomon tomonlarini ham ayting, faqat maqtamasdan», debdi boşqa bir muştariy. «Hatto oçarçilikda ham ota-bobolarimiz navbatni buzişmagan» deya eʼtirozni davom ettiribdi yana bir muştariy.
Xöp, yaponlarning yomon tomonini muhokama qilişdan kimga nima foyda? Havas qilsa böladigan jihatlaridan ibrat oliş kerak, böldi. Maqsad kimlarningdir xato va kamçiliklarini topib, özimizning naqadar yaxşiligimizni bir-birimizga maqtab, xursand bölib ötiriş emasku.
Jamiyatimiz rivojlaniş yölida sobit ketayotgan ekan, xorijiy davlatlarning özimizga qöllasa böladigan yaxşi tomonlaridan örnak olişni örganişimiz kerak. Buning uyat joyi yöq. Kimningdir yutuğini aytiş, özimizning millatni yerga uriş degani emas. Köngilni kengroq qilaveraylik, qolgani bir gap bölar.
Mayli, ayrim muştariylarning sazasi ölmasin, yomon tomoni haqida 2 oğiz: Yaponiyada taksilar öta qimmat ekan! 15 km masofaga 5300 iyena böldi. Bu 50 AQŞ dollari degani.
Ana, yomon tomonini bilib ham oldik. Endi özimizning taksiçilardan mingdan-ming rozi bölib, yuraversak böladi 😄
👉 @xushnudbek 👈


