Xatolar va uzrning qiymati haqida falsafiy mulohazalar

Matn14-iyun, 2018, 16:463 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Xatolar va uzrning qiymati haqida

Odatda kanalimda informativ körinişda post yozardim, bugun bir falsafa töqimoqçiman, rozi bölasizlar.

Yaponiyada bölgan döstim aytgandi, agar ikki yapon bir-biriga urilib ketsa, ikkalasi ham öşa zahoti uzr söraydi. Kim aybdorligidan qatʼi nazar.

Inson borki xato qiladi. Faqat Xudolikka daʼvo qilganlargina xato qilmayman deyiş mumkin. Har bir xato, undan töğri xulosa çiqara oladigan insonlar uçun juda qimmatli tajriba, bilimdir.

Sönggi haftada köpçilikka maʼlum bölgan 2 ta xatoga yöl qöydim (Allohga şukur, köpçilikka maʼlum bölmagani juda köp).

Biri rahmatli Anvar qori Tursunovning vafoti haqida böldi, ikkinçisi blogerlar çempionati finali uçun yozilgan blogpostimda Adliya vazirligi bilan boğliq edi.

Ikkalasi uçun ham öşa zahoti uzr söradim, ortiqça gapni çözib ötirmadim. Ikkala holatda ham özim uçun katta saboq çiqardim, xulosa qildim. Biri blogerlik faoliyatimda xabarlarni ulaşişda şoşmaslikni anglagan bölsam, ikkinçisida huquqşunos sifatida hali köp öqişim kerakligi, Adliya vazirligi singari zabardast taşkilotlardan şubha qilişdan oldin, yetarli tajribaga ega bölişim lozimgini angladim. Yaxşi hayotiy tajriba, töğrimi?

Ayrimlar reytinging tuşdi, deyişmoqda. Qanaqa reyting? Tuşmasdan oldin bormidi? Axir hayotda faqat reyting uçun yaşaşmaymizku. Asosiysi xalqni oldida şarmanda bölişdan, özi asrasin.

Xorijda biror xato uçun uzr söraş juda keng tarqalgan amaliyot. Eng yirik kompaniyalar prezidentlariyu, yirik menedjerlari bilan birga omma oldida uzr söraşganini köp körganmiz. Davlat rahbarlaridan tortib, maʼlum soha uçun masʼul bölgan amaldorlar ham biror xatolik uçun xalq oldida keçirim söraydi. Bu hayron qolarli yoki olamşumul voqea emas aslida.

Normal jamiyatda şunaqa. Bir tomon fikr aytadi, narigi tomon uning asosli yoki asosli emasligi töğrisida izoh beradi. Birinçi tomon agar töğri bölsa izohni qabul qiladi. Şu bilan masala yopiladi, keyingi muammolarga ötib ketişadi.

Özbek xalqida “Egilgan boşni qiliç kesmaydi” degan maqol bölsa ham, biroq jamiyatimiz xatosi uçun uzr söraydiganlarni köp ham iliq qabul qilmaydi. Balki bunga sabab uzrlar çin dildan söralmasligidamikin, yoki odamlarimiz betoqat bölib ketişayotganligidamikin, aniq bilmadim.

Şu sababli ham “Oqtepa-lavaş”ning qilgan işi biz uçun juda ğayritabiiy bölib körindi. Diana voqeasida esa şaxsan Prezident nazoratga olgandan keyingina amaldorlar uzr söraşdi, ungaça inkor qilişdi.

Yoki «kortej» masalasida ham köpçilik vaqtida uzr söralganda vaziyat yumşardi, deyişdi. Bölmagan gap, şaxsan men bunga işonmayman. Aksinça, bizning jamiyatda odatda uzr söraş, öz aybini tan oliş navbatdagi muammolarni keltirib çiqaradi. Bunga şunday munosabat qilişadiki, yengilidan tortib toki “Qilar işni qilib qöyib, endi uzr söraşiniçi?”, “Hayitdan keyin...”, “Uzringni pişirib ye” kabi haqoratlargaça borib yetadi. Şu sababli ham bizda imkon qadar uzr söramaslikka, şunçaki loyqa suv tingungaça jimgina kutişga harakat qilişadi. Qaynab turgan olamon oldiga böynini egib çiqsa, battar yerga urib taşlaşlarini bilişadi. Bunaqa bölmaslik kerakda lekin.

Buni tanamda his qildim. Avval aytganimday, rahmatli qori akaning vafoti haqida masjidda bir inson eʼlon qilgan. Butun jamoat imom bilan qöşilib haqlariga duo qilgan. Şundan söng internetda yuzlab insonlar bu haqida yozişgan. Men ham aynan öşa namozda bevosita özi guvoh bölgan insonga telefon qilib, vaziyatni sörab, keyin yozdim. Biroq xabar notöğriligi maʼlum bölgaç, deyarli hamma öçirdi. Men ham öçirdim. Biroq barça toş men tomonga otildi. Xuddiki hammasini men öylab topgan bölib qoldim. Nega?

Çunki qilgan işimdan qörqib ketib tavba aralaş, öşa zahoti uzr söradim. Arafa kunida aytamanki, odamlardan qörqqanimdan emas, Allohdan qörqqanimdan gunoh qilib qöydim degan fikrda tezda keskin uzrnoma yozdim. Sal vijdonim qiynalganini yengillatiş uçun.

Eng qiziği, aynan mana şu uzrim sabab rosa internetda meni muhokama qilişdi. Şunçaki xabarni öçirib, heç narsa bölmaganday ketaverganimda, şunça gap yöq edi. Qalampir.uz sayti erinmasdan rasmlarimni qöyib çiqardi. Hammasi faqat uzrning ortidan edi.

  • 👎 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek