Obod mahalla dasturi va jamiyatdagi boqimandalik muammosi

Matn22-iyun, 2018, 19:372 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Yaponiyalik va senegallik muxlislar öyindan keyin tribunani tozalaşgani haqidagi xabarlar juda şov-şuv böldi. Köpçilikda şu ikki millatga nisbatan hurmat uyğondi, iliq qarşi oldi. Qarang, muxlislar bu stadionga boşqa heç qaçon qaytib kelmasligi mumkin, atigi 2 soat öşa yerda böldi xolos. Bundan taşqari dunyoning istalgan çekkasidagi stadionlar har doim çiqindiga töla böladi özi, bu tabiiy hol. Va asosiysi stadionni tozalaydigan juda katta işçilar guruhi bor şundoq ham. Lekin ular tozalaşdi! Bundan uyalişmadi. Vijdoni yoniq ekan.

Şu voqea atrofida özimizdagi "Obod mahalla" va "Obod qişloq" dasturlariga xalqimizning ayrim vakillari qilayotgan munosabat haqida ikki oğiz gapirmoqçiman.

«Obod mahalla» dasturi bu - bir qator taşkilot va korxonalarning xodimlari mahallalarda haşar taşkil etişadi, öşa mahalla aholisi esa uylarining derazasidan tomoşa qilib turadi, degani ekan.

Butun xalqni aybllaşdan yiroqman, ammo jamiyatimizning aksariyat qismi qaçon bu darajada dangasa va tanbal bölib qoldi, hayronman. Faqat dangasa bölsa ham mayli edi, ayrimlari öta darajada vijdonsiz ham. Bersang yeyman, ursang ölaman, tamom.

Baʼzi mahallalar şu darajada iflos va axlatga tölganki, bu yerda odam yaşaydimi özi, deb öylaysiz. Şu yerda yaşovçilar albatta birovlar kelib tozalab berişini kutib ötirişadi. Tağin haşarçilarga yuqori qavatlardagi uyidan boşini çiqarib, aql ham örgatişadi: «falon joy qolib ketyaptiku, hoy, çaproq, yana çaproq, ha, öşa yer. Yaxşilab tozalanglarda axir».

Yana bir oddiy misol: ariqlarda bir neça oydan buyon suv töplanib, balçiq hidi sasib ketgan, şu ariqni oldidagi uyda 48 ta xonadon turadi, birortasi ariqni tozalaşni xayoliga ham keltirmagan. Hali bu Toşkent şahridagi mahallalarda bölayotgan voqealar. Çekka qişloqlarda ahvol qanaqa ekan? Yoki markazdan uzoqlaşgan sari samimiyat köpayganligi sababli, ahvol yaxşiroqmikin? Heç bilmadimda...

Heç kimda yöq milliy maʼnaviyatimiz, birorta millatda yöq milliy mentalitetimiz, deb bong uradiganlarni körsam, öşa balçiqqa botgan ariqlarni şularga tozalattirgim keladi.

Xullas, ming afsuski xalqning bunday boqibeğam qismi ançaginani taşkil qiladi va ular bilan jamiyat gullab-yaşnab ketişi qiyin. Prezidentimiz juda köp bor xalqqa qarata «uyğoninglar, uyğoninglar» deyişi ham bejizga emas. Qiziq, ğaflat uyqusidan qaçon uyğonarkin bu jamiyat?

Ahvol şu darajadaki, qilinayotgan ayrim islohotlarni körib tepsa-tebranmas insonlardagi boqimandalik xarakteri badtar kuçayib borayotgandek, xayolimda.

Hozirça yapon va senegalliklarga qarsak çalib turaveraylikçi, qolgani bir gap bölar...

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek