Amerika va Özbekiston örtasidagi farqlar haqida kuzatuvlar
Xushnudbek.uzMatn3 daqiqa0tahrirlanganAQŞda... Özbekistonda...
AQŞda uzoq yillardan buyon istiqomat qilayotgan hamyurtimiz Behzod Mamadiyev Feysbukda quyidagiça post qoldiribdi:
«Yaqinda bir oy Özbekistonda böldim. 10 yildan beri Amerikada yaşayman. Odamlarni, urf-odatlarni kuzatişni yaxşi köraman. Amerikaliklar va özbekistonliklar örtasida közimga taşlangan farqlar, safarim davomida özim guvoh bölgan baʼzi holatlar haqida yozmoqçiman:
- Amerikaliklarda "odamgarçilik" yöq. Qoidani buzdingmi, jazolaşadi. Barça narsani qonun-qoida böyiça qilişadi.
Özbekistonda taniş-biliş orqali yoki odamgarçilik yuzasidan istalgan işingizni bitirib berişlari mumkin. Agar mavjud qoida yoki tartib böyiça oyoq tirab turib olsangiz, sizni noinsoflikda, "kommunist"likda ayblaşadi (Şukur Xolmirzayevning "Özbek xarakteri" hikoyasiga qarang);
- Örtaça amerikalik kiyim-keçakka unça eʼtibor bermaydi. Iş yoki köçaga çiqiş şartlariga minimum darajada javob beradigan kiyim bölsa böldi.
Özbekistonliklar kiyimga, ayniqsa, qimmatbaho brendlarga öç. Töyib ovqatlanmasa ham, yaxşi kiyinişi kerak;
- Taksi kelsa, amerikaliklar orqa örindiqqa ötiradi; özbekistonliklar, odatda, şofyor oldiga;
- Amerikada birovdan oylik maoşini söraş odobsizlik hisoblanadi. Özbekistonliklar esa ilk uçraşuvdayoq oyliging qança, deb söraşdan tortinmaydi;
- Özbekistonda şofyor oldiga ötirib xavfsizlik kamarini taqsangiz, şofyor, “sizga şart emas”, deydi yoki “yaxşi niyat qiling, aka” deb tönğillaydi. Amerikada kamar taqiş maşinani öt oldirişdek unutilmas odatga aylangan;
- Amerikada GAI maşinalarni orqadan kelib töxtatadi. Yaʼni, qoidani buzsangiz, orqangizda politsiya maşinasi paydo bölib, çiroğini yoqadi. Siz çetga çiqib töxtaşga majbur bölasiz.
Özbekistonda GAI kaltagini kötarib töxtatadi;
- Amerikada politsiyaçi hujjatlarni maşina oldiga kelib rasmiylaştiradi. Haydovçi maşinadan tuşmaydi va politsiyaçi bilan bahslaşişi mumkin emas. Bahslaşsa, öşa zahoti qamoqqa olinişi mumkin. Şikoyatini sudga bildirişi kerak, uni aybdor deb topgan politsiyaçiga emas.
Özbekistonda şofyor maşinadan tuşib GAI xodimi oldiga boradi va kamida 15-20 minut GAIga qoida buzmaganini tuşuntirişga urinadi. GAI xodimi ham u bilan tortişib ötiraveradi. Aslida 100 foiz aybdor bölsa ham, jarima olgan haydovçi GAI xodimini böralatib sökib, keyin ketadi;
- Amerikada maşinalar uçun yölaklar (polosa) soni neçta bölsa, maşinalar qatori ham şunça böladi.
Özbekistonda ikki polosali yölda uçta yoki törtta maşinalar qatorini körişingiz mumkin;
- Amerikada çorrahada svetofor işlamay qolsa, GAI xodimi kelgunça yoki svetofor işi tiklangunça haydovçilar harakatni özlari boşqaradi. Bir-biriga navbat bergan holda törtta köçada ham harakat tabiiy holda davom etadi, heç qanday tiqilinç bölmaydi.
Özbekistonda hamma tezroq ötib ketişni xohlab çorraha markaziga intiladi, natijada heç kim öta olmaydi. Soatlab tiqilinç paydo böladi;
- Amerikada hamma bir-biriga jilmayib qaraydi. Begonalar ham köça-köyda bir-biriga közi tuşib qolsa, jilmayib ötadi. Turtinib ketsa yoki qarşi tomondan kelayotgan odamning yölini tösib qöysa, ikkala tomon bir-biridan uzr söraydi.
Özbekistonda notaniş odamga jilmayiş mumkin emas. Yölda kimgadir turtinib ketsa, keçirim söraşdan köra sökiniş, xömrayiş köproq;
- Amerikada jamoatçilik va şaxsiy hayot örtasida katta farq bor. Jamoat joyida hamma bir xil qoida va etikaga rioya qiladi. Şaxsiy hayotda qonunni buzmasa bas, hamma xohlaganini qiladi, birovning birov bilan işi yöq.
Özbekistonda odamlardan şaxsiy hayotda ham, jamoat joyida ham köpçilik qabul qilgan qonun-qoida va etika normalariga rioya qiliş talab qilinadi. Şaxsiy hayotida xato yoki kimlarningdir nazaridagi buzuqlikka yöl qöygan odam malomatlarga qolib ketadi. Uni “öldiriş”, “yöq qilib yuboriş”ga çaqiruvçilar ham kam emas.
P.S.: Bu şaxsiy kuzatuvlarning mutlaq haqiqat ekaniga daʼvoim yöq 😃»
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈




