Toşkentda Özbekiston va Yaponiya rektorlari sammiti bölib ötadi
Toşkentda Özbekiston va Yaponiya rektorlari Sammiti bölib ötadi
2019-yil 8-9-iyul kunlari Toşkent şahrida Özbekiston va Yaponiya oliy taʼlim muassasalari rektorlari Sammiti bölib ötadi. Bu haqida Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov Feysbukdagi sahifasi orqali maʼlum qildi.
Mazkur anjumanda iştirok etiş uçun Yaponiya taʼlim, sport, fan va texnologiyalar vazirining örinbosari Xiroyuki Nakamura (Hiroyuki Nakamura) boşçiligidagi rektorlar delegatsiyasi aʼzolari Özbekistonga taşrif buyuradi va asosiy tadbir Konferensiya şaklida taşkil etiladi.
Konferensiya 8-iyul kuni Toşkent davlat iqtisodiyot universitetida bölib ötadi.
Sammitda yapon tomonidan 50ga yaqin iştirokçilardan iborat 20 dan ortiq Yaponiya OTM vakillarining iştiroki kutilmoqda. Tadbirda Yaponiyadagi Nagoya, Miye, Tsukuba, Aiti, Vakayama kabi yirik universitetlar vakillari ham iştirok etadi.
Yaponiya delegatsiyasining Samarqand şahriga taşrifi ham rejalaştirilgan.
👉 @xushnudbek 👈
