Banklar töğrisidagi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda

Matn20-iyul, 2018, 09:362 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Manba:davletovuz

Yana 10 kundan keyin Banklar va bank faoliyati töğrisidagi qonun loyihasining muhokamasi yakunlanadi. Öta muhim hujjat bölişiga qaramay, negadir iqtisodiy soha va biznes jamoatçilik muhokamalarda faol iştirok etmayapti https://regulation.gov.uz/uz/documents/2726

Kam sonli bölsayam loyihaga bildirilgan takliflarga qöşimça sifatida quyidagi mulohazalarni ham eʼtiboringizga havola qilmoqçimiz:

Birinçidan, tijorat banklaridagi davlat paketlariga faqat va faqat Moliya vazirligi egalik qilişi kerak, çunki bu siz va bizning, soliq tölovçilarning mablağlaridir. Banklarga bilvosita vazirliklar, idoralar va davlat taşkilotlari orqali egalik qiliş busiz ham öta samarasiz bölgan korporativ boşqaruv sifatini yildan yilga pasaytirmoqda.
Bunday banklar davlat taşkilotlari uçun yopiq qozonga aylanib qolgan, bitimlar öta noşaffof va yuqori korrupsion belgilar bilan amalga oşiriladi. Hozir nomini sanab ötirmaymiz, zakiy auditoriya affillangan tarmoği bilan jarlikka qulayotgan davlat nazoratidagi banklar nomini juda yaxşi biladi.

Ikkinçidan, banklardagi davlat paketlari uçun dividendlar töğridan töğri byudjetga tuşişi lozim. Yana qaytaramiz, bu siz va bizning, soliq tölovçilarning mablağlaridir.

Eʼtibor qaratsangiz, davlat har yili budjet yoki nobyudjet manbalar hisobidan Mikrokreditbank, Xalq banki, Turonbank kabi banklar kapitaliga yuzlab milliard mablağ kiritadi. Lekin bundan na samara, na qaytim bor. Bunday banklar kapitaliga kiritilgan mablağlar vaqt ötib özining real qiymatini yöqotmoqda va yana irratsional zanjir davom etmoqda.

Masalan, kapitali bir trilliondan ziyod Mikrokreditbankning bozor qiymati nolga teng, Xalq bankining bozor qiymati nominalining öndan biriga bormaydi. 11ta davlat nazoratidagi bankning faqat beştasi nominal qiymatida bozor narxiga ega. Soliştiriş uçun Kapitalbank, Hamkorbank, OFB kabilar nominalidan 2-3 barobar qimmat narxlanadi. Şu maʼnoda, uçinçidan, davlat nazoratidagi banklar uçun kapitalning minimal rentabelligi normativi kiritilişi lozim. Normativni bajarmagan banklar erkin sotuvga qöyilişini yoki qöşib yuborilişini
nazarda tutuvçi qoidalar aks etişi zarur.

Muhokamalardan çetda turmang.

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek