Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Si Szinpin Şavkat Mirziyoyevga maktub yölladi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

XXR Raisi Si Szinpin Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga maktub yöllabdi. Bu haqida ÖzA xabar bermoqda.

Maktubda Şavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasi taşkil topganining 69 yilligi munosabati bilan yöllagan samimiy tabrigi uçun Si Szinpin çuqur minnatdorlik bildirgan.

Unda xususan quyidagiça taʼkidlanadi:

"Siz bilan Tsindao şahrida ŞHT sammiti doirasidagi uçraşuvimizni tez-tez eslayman, uşbu uçraşuvdan söng ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantiriş böyiça biz qabul qilgan yangi rejalar bosqiçma-bosqiç hayotga tatbiq etilmoqda.

Men Xitoy – Özbekiston aloqalarini rivojlantirişga alohida eʼtibor qarataman, örtamizda şakllangan amaliy munosabatlar va şaxsiy döstlikni yuksak qadrlayman. Xitoy va Özbekiston örtasidagi har tomonlama strategik şeriklik munosabatlarini mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yölida izçil rivojlantirişni rağbatlantiriş maqsadida bundan buyon ham Siz bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirişga umid qilaman."

Maktub sönggida XXR Raisi davlatimiz rahbariga mustahkam soğlik, baxt-saodat, Özbekiston xalqi farovonligi yölidagi olijanob faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilagan.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek