Uçta tuman paxta rejasini bajardi

Matn22-oktabr, 2018, 14:241 daqiqa0 koʻrish

Manba:Daryo — LIVE

​​Uçta tuman paxta rejasini bajardi. Sektor rahbarlari 20 mln sömdan mukofotlandi

Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov, prezident adminstratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va boş vazir örinbosari Zoir Mirzayev raisligida 2018-yilgi paxta hosilini yiğib-terib oliş işlarini jadallaştiriş böyiça navbatdagi selektor yiğilişi ötkazildi.

Selektor davomida respublikada davlatga paxta topşiriş rejasini 100 foizga bajargan ilk tumanlar nomi eʼlon qilingan. Maʼlum bölişiça, 21-oktabr holatiga kelib, respublika böyiça 3ta tuman rejani bajargan.

Marraga birinçi bölib, Namangan viloyati Çust tumani yetib kelgan. Şuningdek, Farğona viloyatining Rişton hamda Andijon viloyatining Paxtaobod tumanlari paxta rejasini töldirgan.

Özbekiston boş vaziri bu tumanlarda sektorlar rahbarlari (tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIB boşliği va tuman DSI boşliği) 20 million sömdan pul mukofotlari bilan rağbatlantirilişini maʼlum qilgan.

«Kun.uz»ning yozişiça, paxta rejasini birinçilardan bölib bajargan 10 tuman içida böladigan keyingi 7 tuman rahbarlariga ham 20 million sömdan mukofot puli vaʼda qilingan. Keyingi öntalikda böladigan tuman rahbarlari esa 15 million sömdan, öttiztalik içida böladigan oxirgi 10 tuman rahbarlari esa 10 million sömdan mukofot puli olişadi.

https://t.me/joinchat/AAAAAD63OEHkQHOlfdglMg

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing