Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 29 yil töldi
Matn21-oktabr, 2018, 10:501 daqiqa0 koʻrish
Rasul Hamzatov bir asarida şunday eslaydi:
Avarlar qişloğidan bir yigit Fransiyaga öqişga ketib, öşa yerda qolib ketadi. Boşqa bir hamqişloği Fransiyaga borib kelgaç, yigitning onasi öğli haqida söraşga şoşiladi:
- Öğlim bilan körişdingizmi?
- Ha, körişdim.
- Öğlim Siz bilan qaysi tilda gaplaşdi: avar tilidami yoki fransuz?
- Fransuz tilida.
- Unda u mening öğlim emas!
Bugun özbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 29 yil töldi. Afsuski haligaça özbek tilining ahvoli juda havas qilgulik darajada bölmasa ham, lekin har ne bölmasin, gözal ona tilimizning boriga şukr.
Özligimizning asosiy belgisi bölgan özbek tilining umri boqiy bölsin!



