Özbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil töldi

Matn21-oktabr, 2021, 10:232 daqiqa0 koʻrish

Rasul Hamzatov bir asarida şunday eslaydi:

Avarlar qişloğidan bir yigit Fransiyaga öqişga ketib, öşa yerda qolib ketadi. Boşqa bir hamqişloği Fransiyaga borib kelgaç, yigitning onasi öğli haqida söraşga şoşiladi:

- Öğlim bilan körişdingizmi?
- Ha, körişdim.
- Öğlim Siz bilan qaysi tilda gaplaşdi: avar tilidami yoki fransuz?
- Fransuz tilida.
- Unda u mening öğlim emas!

Bugun özbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 32 yil töldi. Afsuski bugungi kunda özbek tilining ahvoli juda havas qilgulik darajada bölmasa ham, lekin har ne bölmasin, gözal ona tilimizning boriga şukr.

Garçi aksariyatimiz faqat bayramlar arafasida özbek tilini uluğlab, unga qasidalaru şeʼrlar bitib, majlislaru tadbirlarda otaşin nutqlar irod qilib, bir-birimizni bayram bilan tabriklab çiroyli rasmlar yuborib, öz ona tilimizni juda qattiq sevişimizni hammaga baralla aytib yursak-da, bayram ötişi bilan özbek tilining qadri yana esimizdan çiqib ketadi. Bu xuddi onalarimizni tuğilgan kunida yuksaklarga kötarib, qolgan paytda yoki bilib, yoki bilmay ularning qalbini ranjitişimizga öxşaydi. Özbek tili esa onalarça hokisorlik bilan bularning barçasiga sabr qiladi, har qanday munosabat bölmasin farzandlarining boşini silaşda, mehribonlik qilişda davom etaveradi. Hattoki öşa farzandlarining orasida ayrimlari boşqa birovni onam deb eʼlon qilib, öz volidasini tan olmayotgan bölsa ham...

Qandayin bağrikeng va kamsuqum ona tilimiz bor-a?!

Özligimizning asosiy belgisi bölgan özbek tilining umri boqiy bölsin!

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek