Yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun jazolar kuçaytirildi

Matn23-oktabr, 2018, 17:191 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

‼️HAYDOVÇILAR DIQQATIGA! 2-QISM.

🚖 Yöl transport hodisasi bilan boğliq jazolar kuçaytirildi. 🚔

23-oktabrda qabul qilingan Qonunga binoan:

👉 🗂 Hujjatlari yonida bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi – ilgari “yarim minimalka” jarima solinardi, endilikda 1 baravar jarima solinadi. 1-noyabrdan 202 ming 730 söm böladi.

👉 🤷‍♂️ Boşqariş huquqi bölmagan şaxslarning transport vositalarini boşqarişi, xuddi şuningdek boşqariş huquqi bölmagan şaxsga transport vositalarini boşqarişning topşirilişi – ilgari 3 baravar jarima solinardi, endilikda 5 baravar jarima böldi. 1-noyabrdan 1 mln 13 ming 650 söm böladi.

👉 ❌ Transport vositalarini boşqariş huquqidan mahrum etilgan şaxslarning bunday vositalarni boşqarişi – ilgari 5 baravar jarima solinardi, endilikda 10 baravarga oşirildi. 1-noyabrdan 2 mln 27 ming 300 söm böladi.

👉 🙅‍♂️ Mast yoki mast emasligini aniqlaş uçun tekşiruvdan ötişdan böyin tovlaş – ilgari 1 yilu 6 oydan 3 yilgaça haydovçilik huquqidan mahrum etişga sabab bölardi, endilikda ham xuddi şu muddatga “lişat” qilinib, ham 15 baravar jarima solişga sabab böladi. 1-noyabrdan 3 mln 40 ming 950 söm böladi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek