Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Sardoba fojiasi sabablari haqida rasmiy xulosa eʼlon qilindi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

​​Sardoba fojiasiga 1 yil. Falokat sabablari haqida rasmiy xulosa eʼlon qilindi

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinçi örinbosari, general-mayor Abdulla Qöldoşevning maʼlum qilişiça, olib borilgan tadqiqot va tahlillar natijasiga köra, töğon öpirilişiga bir qator omillar sabab bölganligi aniqlandi:

Birinçidan, Suv xöjaligi vazirligi tomonidan buyurtmaçi xizmatini taşkil etiş, loyihalaştiriş va quriliş işlarini olib borişda masʼuliyatsizlikka yöl qöyilgan;

inşootni tölaqonli ekspluatatsiya qilişda mazkur suv omboridan foydalaniş qoidalari tasdiqlanmagan, bu jarayonda belgilangan texnik va meyoriy talablar qöpol ravişda buzilgan.

Ikkinçidan, “UzGip” MÇJ loyiha taşkiloti tomonidan suv omborining işçi loyiha hujjatlarini tayyorlaş jarayonida tasdiqlangan Texnik-iqtisodiy asoslarda belgilangan yeçimlarga rioya qilinmasdan, unga özboşimçalik bilan özgartirişlar kiritilgan. Işçi loyiha hujjatlarida töğonning konstruktiv va seysmik mustahkamligi inobatga olinmagan.

Uçinçidan, “Özbekiston temir yöllari” AJning pudrat taşkiloti va yordamçi pudrat taşkilotlari tomonidan töğon tanasi tuproğining ziçligi, filtr va himoya toş qatlami qalinligi loyihaviy körsatkiçdan past bölişiga yöl qöyilgan.

Sardoba suv omborini loyihalaştiriş, quriş va töğonning ekspluatatsiyasi jarayonida xato va kamçiliklarga yöl qöyilganligi holati böyiça buyurtmaçi, loyihaçi, quriliş taşkilotlari hamda ekspluatatsiya xizmatining 17 nafar mansabdor va mutasaddi şaxslari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Ayni paytda ularga nisbatan ayblov xulosasi Oliy sud muhokamasiga ötkazilgan.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek