Özbekistonda 176 ming bola Pfizer vaksinasi bilan emlandi

Matn28-oktabr, 2021, 13:302 daqiqa0 koʻrish

​176 ming nafardan ortiq bola Pfizer/BioNTech vaksinasi bilan ixtiyoriy ravişda emlandi. Xorazm statistikasi hayratlanarli

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti 12 yoşdan katta bolalarni ham Pfizer vaksinasi bilan emlaşni tavsiya qilgan va dunyoning köplab davlatlarida bu amaliyot muvaffaqiyatli olib borilmoqda. Özbekistonga ham Pfizer vaksinasi olib kelingaç, 28-sentabrdan boşlab ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida bolalar ixtiyoriy ravişda emlanmoqda.

❗️27-oktabr holatiga köra, yurtimizda 176 ming 791 nafar 12 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravişda emlangan.

Eng yuqori körsatkiç vodiy (Farğona, Namangan, Andijon) viloyatlarida.

Ammo öta ajablanarlisi, Xorazm viloyatida birorta bola Pfizer vaksinasi bilan emlanmagan. Xorazm röparasida NOL raqami turibdi.

Qiziq, nega bunday? Xorazmlik ota-onalarga öz farzandlarining hayoti va soğliği şunçalik keraksizmi? Yoki koronavirus Xorazmga yetib bormaganmi? Nahotki Xorazmda aqalli biror kişi farzandi haqida qayğurmasa?

Bunda tarğibotning sustligi ham katta sabablardan biri, deb öylayman. Mutasaddilar aholiga buning foydasini töğri tuşuntirib bera olişmagan. Xullas, Xorazm viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasiga 2 baho!

Yana boşqa bir tomoni odamlarimiz ham qiziq-da. Özidan mega aqlli virusolog yasavolib, dastlab vaksina yomon ekan, olsa unaqa bölarkan, bunaqa bölarkan, deb safsata gaplarni gapirişdi. Keyin Xitoy vaksinasiga işonç yöq, voy-dod, bizga bu vaksina kerakmas, deb internetda çiqişlar qilişdi. Endi mana Amerikaning butun dunyo tan olgan vaksinasini olib kelsa ham, yana yuzlab bahonalar öylab topişmoqda.

Xudo xayringizni bersin, sal kengroq fikrlaylik, iltimos. Mana, Rossiyaga öxşagan davlatlarda vaksinalaş ahvoli rasvoligi, poliklinikalarda pul evaziga "vaksina oldi" degan soxta hujjatlar oliş köpayib ketgani uçun yana qayta lokdaunga tuşmoqda, har kuni minglab insonlar halok bölmoqda. Qaysi davlatda vaksinalaş foizi yuqori bölsa, öşa yerda ahvol stabillaşyapti. Sal közimizni oçaylik axir. Johillik qiladigan paytmas-ku hozir.

Albatta vaksina oling, hozir tanlov imkoniyati köp. Telegramdagi kimligi nomaʼlum odamlarning ahmoqona gap-sözlariga emas, dunyo olimlarining maslahatlariga quloq tuting. Sizning vaksina olişingiz nafaqat özingiz, balki jamiyat va atrofdagilar uçun ham foyda. Şuni unutmang.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek