Qashqadaryo viloyati innovatsion loyihalar uchun grant e'lon qildi

Matn22-dekabr, 2020, 11:472 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​Qaşqadaryo viloyati hokimligi innovatsion loyihalar uçun 1 mlrd 800 mln sömlik ijtimoiy grant eʼlon qildi

Tanlovda Qaşqadaryo viloyatida doimiy istiqomat qiladigan hamda respublikadagi istalgan oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan talabalar quyidagi 6 ta yönaliş böyiça özlarining innovatsion loyihalari bilan iştirok etişlari mumkin:

👉 Neft va gaz, kimyo sanoati;
👉 Energetika;
👉 Qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati;
👉 Suv xöjaligi va ekologiya;
👉 Fan va taʼlim;
👉 IT texnologiyalar.

Loyihalarga qança mablağ ajratiladi?

Talabalar taklif etayotgan loyihalar qiymati 1 mln sömdan 100 mln sömgaça bölişi kerak. Har bir yönaliş böyiça tanlov komissiyasi loyiq deb topgan uçtagaça loyihani viloyat hokimligi moliyalaştiriş uçun sotib oladi va uni hayotga tatbiq qiliş bilan boğliq barça taşkiliy jarayonlarni öz zimmasiga oladi.

Şunday qilib mazkur tanlov natijasiga köra, jami 1 mlrd 800 mln sömgaça bölgan innovatsion loyihalarni moliyalaştiriş reja qilingan (mazkur miqdor ğolib bölgan loyihalar byudjetiga qarab özgarişi mumkin).

Tanlovda qanday qatnaşiş mumkin?

Buning yöli juda oddiy.

1) Eng avvalo Metsenat.uz saytida röyxatdan ötiş va anketadagi barça söralgan maʼlumotlarni töldiriş;

2) Innovatsion loyiha haqida qisqaça anketani töldiriş. Namunaviy anketani mana bu yerdan yuklab oliş mumkin;

3) Innovatsion loyiha haqida 10 ta slayddan oşmagan holda taqdimot tayyorlaş;

4) Metsenat.uz saytidagi tanlov sahifasi orqali ariza yuboriş. Bunda ariza yuborayotgan paytda 2 va 3-banddagi söralgan fayllar albatta ilova qilinişi kerak.

Tanlov komissiyasi kelib tuşgan hujjatlarni körib çiqadi va maqbul deya topilgan loyihalarni moliyalaştiriş töğrisida ijobiy xulosa beradi.

Tanlov Nizomi bilan quyidagi havola orqali töliq tanişişingiz mumkin:

https://metsenat.uz/uz/grants/67?type=grant

Şoşiling! Tanlovga hujjatlar 2021-yilning 21-yanvariga qadar qabul qilinadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek