Özbekiston ayrim davlatlar bilan aviareyslarni töxtatdi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Manba:UzA | Tezkor xabarlar
⚡️Özbekiston ayrim davlatlar bilan xalqaro reyslarni töxtatdi
❗️ Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan, joriy yil 21-dekabr sanasidan 2021-yil 10-yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kiriş, çiqiş va tranzit reyslar orqali respublikaga kiriş) töxtatiladi.
❌ Şu bilan birga, Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari fuqarolari, uşbu davlatlarda doimiy istiqomat qiluvçi fuqaroligi bölmagan şaxslar hamda sönggi 14 kun davomida mazkur davlatlarda bölgan uçinçi davlat fuqarolari yuqoridagi çeklov amal qilgan davr mobaynida Özbekistonga kiritilmasligi belgilandi.
🚑 Şuningdek, sönggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida bölgan holda uçinçi davlatlar orqali Özbekistonga kirib kelayotgan Özbekiston fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar 14 kun davomida vaqtinçalik karantinda saqlaş majmuasida yoki tegişli mehmonxonada karantinga olinişi belgilab qöyildi.
Mazkur joriy etilayotgan çeklovlar uşbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlaşgani sari bosqiçma-bosqiç bekor qilib boriladi.
✅ Öz navbatida Respublika maxsus komissiyasi fuqarolarimizning özi va oila aʼzolarining soğliğini asrab-avaylaş maqsadida kirib kelayotgan yangi yilni oila davrasida kutib oliş zarurligini yana bir bor eslatib ötadi.
Kanalga ulaniş:
➡️ @uzauz
