FLEX dasturi Özbekistonga qaytdi

Matn16-yanvar, 2020, 09:423 daqiqa0 koʻrish

​​AQŞda istiqomat qilayotgan yurtdoşimiz Abror Qodirov öz kanalida quyidagi maʼlumotni qoldirdi:

«Zör yangilik öqib qoldim! Köpçilikga foydasi tegişi mumkin. Bölişmasam bölmas.

Biz maktabda öquvçisi bölgan vaqtlarda Amerikada bir yil yaşab, öqiş imkoniyatini beradigan FLEX (Future Leaders Exchange - Kelajak Liderlari Almaşinuvi) dasturi bölardi. Biz iştirok etiş yoşiga yetganimizda Özbekiston bu dasturda iştirok etişni töxtatib bölgandi. Bu yildan esa dastur rasman qaytibdi. Ajoyib!

FLEX dasturi haqida
1992-yilda dastur uşbu dastur loyihasi AQŞ kongressi tomonidan işlab çiqilgan va loyihani moliyalaştiriş maʼqullangan. Loyiha AQŞning sobiq Sovet Ittifoqi hududidagi davlatlar bilan aloqalarini rivojlantirişga qaratilgan edi. Keyinçalik esa boşqa mamlakatlar ham uşbu röyxatga qöşildi.

FLEX dasturi töliq AQŞ hukumati tomonidan moliyalaştiriladi. Dasturning taşkiliy masalalari esa AQŞ Hukumat departamentining Taʼlim va madaniy aloqalar byurosi tomonidan amalga oşiriladi. Tanlov ğoliblariga Amerikada bir yil bepul öqiş uçun stipendiya va volontyorlik asosida tanlangan mezbon oilada yaşaş imkoniyati beriladi. Mazkur loyihadan közlangan maqsad amerikaliklar va boşqa millat vakillari örtasida döstona aloqlarni örnatişdir.

Minglab amerikaliklar va mahalliy maktablar mazkur grantni qöllab quvvatlaydi va heç qanday haq olmasdan ğoliblarni öqitadi, oilalariga qabul qiladi. Ötgan 27 yil mobaynida FLEX dasturi örta maktablarning 28 000 nafar öquvçisiga stipendiyalar ajratdi.

Dasturni kim taşkil qiladi?
Imtihonlarni Xalqaro taʼlim böyiça Amerika kengaşlari ötkazadi. Mazkur taşkilot ğoliblarni aniqlaydi va ular uçun seminarlar taşkil etib kerakli maʼlumotlar bilan taʼminlaydi. Şuningdek, ular iştirokçilarni Amerikaga jönatiş işlarini ham taşkillaştirişadi.

Amerika Kengaşlari 40 yildan ortiq vaqt mobaynida AQŞ, Yevropa, Yevroosiyo, Osiyo va Afrika davlatlarida ön minglab öquvçilarni qöllab-quvvatlab kelyapti. Şuningdek, mazkur taşkilot FLEX dasturidan taşqari universitet talabalari va aspirantlar, oliy taʼlim muassasalari öqituvçilari uçun ham boşqa bir qator dasturlarni joriy qilgan bölib, ularni muvvaffaqiyatli amalga oşirib kelmoqda.

Stipendiya taʼminotiga nimalar kiradi?
FLEX dasturi ğoliblariga quyidagilar taqdim etiladi:
• Doimiy yaşaş joyidan to AQŞdagi belgilangan uygaça va vataniga qaytib keliş yöl kirasi;
• Oylik stipendiya. Uşbu stipendiyani öquvçi şaxsiy harajatlari hamda AQŞda yaşagan davrida ijtimoiy hayotda teng iştirok etişiga sarflaydi;
• Oldindan yaxşilab tekşirib, tanlangan mezbon oilada bir yil mobaynida bepul yaşaş;
• Amerika maktabida röyxatga oliniş va öqiş;
• Dastur oldidan va keyin ötkaziladigan tayyorlov kursida iştirok etiş;
• AQŞda taşkil etiladigan mahalliy tadbirlarda iştirok etişi.
• Tibbiy suğurta. Mazkur suğurta AQŞga kelgunga qadar bölgan kasalliklarni
davolaşni qoplamaydi. Şuningdek, stomatologik yordam ham uşbu suğurta tarkibiga kirmaydi

Dasturda kim iştirok etişi mumkin?
FLEX dasturida iştirok etiş barça uçun oçiq va bepul. Iştirokçilar dastur talablariga javob bera olsa va tanlovdan muvaffaqiyatli ötsa kifoya. Imkoniyati çeklangan öquvçilar ham uşbu tanlovda iştirok etişlari mumkin. Har yili 20 ga yaqin imkoniyati çeklangan iştirokçi uşbu tanlovda ğolib bölib, FLEX dasturida qatnaşadi. Ular ham boşqalar bilan teng tanlovdan ötadilar. Har bir iştirokçi bir yilda bir marta ariza topşirişi mumkin.

Uşbu tanlovda iştirok etuvçilar quyidagi şartlarga mos kelişi kerak:
1. 2002-yilning 15-fevralidan 2004-yilning 31-mart sanalari oraliğida tuğilgan bölişi;
2. Tanlovda iştirok etiş paytida maktabning 11 sinfi yoki litseyning ikkinçi kursida öqiyotgan bölişi;
3. Yaxşi va aʼlo baholarga öqişi;
4. Ingliz tilini aʼlo darajada özlaştirgani va tanlov doirasida uşbu
mahoratini namoyon eta olişi;
5. Amerika vizasi talablariga javob berişi;
6. Özbekiston fuqarosi bölişi şart.

Dasturda iştirok etiş uçun uşbu havola orqali rasmiy saytga ötib, anketani töldiriş kerak böladi: https://ais.americancouncils.org/flexuz

Anketa topşiriş 6-fevralgaça davom etadi.»

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek