Prezident önta vazirni işdan oliş böyiça topşiriq berdi
Prezident yaqin orada bitta viloyat hokimi va bitta vazirni işdan olişini maʼlum qildi.
– Noinsofligi uçun, aravani tortmagani uçun işdan olaman, eşitasizlar hali, - degan Prezident.
Keçagi yiğiliş haqida "Maxsus rakurs" dasturining yakşanba kungi sonida batafsil namoyiş qilinadi.
Şuningdek, ÖzA muxbirining xabar berişiça, Prezident jami önta vazirni işdan oliş böyiça Boş vazirga topşiriq bergan.
- Jonga tegdi bunaqa byurokratlar. Sekin-sekin bittadan viloyat hokimi, tuman hokimi, vazirlarni ham işdan olib, örniga yoş-yoş kadrlarni qöyaman. Qaysi vazir aravasini tortmayotganini bilaman. Boş vazirga aytganman, önta vazirni işdan olişimiz kerak, deb. Ikkitasi işdan olindi, lekin bu hali yetarli emas, – degan Şavkat Mirziyoyev.
👉 @xushnudbek 👈


