Prezident majlisbozlikka çek qöyiş böyiça topşiriq berdi
Prezident: «Kerak bölmagan majlisni ötkazgan rahbar işdan ketadi»
Bugungi videoselektorda joylarda majlisbozlikka mutlaqo çek qöyiş kerakligi, viloyat va tuman hokimlari faqat Prezident Administratsiyasi rahbaridan ruxsat olgandan söng majlis ötkazişi, şunda ham ular bir soatdan oşmasligi lozimligi aytildi. Faqat iqtisodiyot sektori va soliq idoralari vakillari hisobotlarni taqdim etiş uçun çaqirilişi taʼkidlandi. Bu haqda ÖzA muxbiri xabar bermoqda.
- Kerak bölmagan majlisni ötkazgan rahbar işdan ketadi. Bir soatdan köp majlis qiliş mumkin emas Özbekistonda, - degan Prezident.
Şuningdek, Gazeta.uz muxbirining keltirişiça, Şavkat Mirziyoyev yana quyidagiça qöşimça qilgan:
«Baʼzi rahbarlar majlisbozlik bilan kasal. Majlisbozlik kasaliga çalingan bölsanglar, uyda majlislarni ötkazing. Majlisga ketgan vaqtning 50 foizini aholi muammolarini hal qilişga ketkazilsa, şuning özi katta natija beradi».
👉 @xushnudbek 👈


