1-fevraldan benzin narxi oşişi mumkin
1-fevraldan benzin narxi oşişi mumkin
Amaldagi Soliq kodeksining 289-3-moddasiga muvofiq joriy yil 1-fevraldan neft mahsulotlari va boşqa aksiz tölanadigan tovarlar va xizmatlarga soliq stavkalari miqdorlar oşiriladi.
Jumladan:
➖ 1 tonna Ai-80 benzini uçun amalda – 200 ming söm bölgan soliq stavkasi 240 ming söm böladi;
➖ 1 tonna Ai-90 va undan yuqori benzini uçun amalda – 250 ming söm bölgan soliq stavkasi 275 ming söm böladi.
Şuningdek:
➖ 1 tonna dizel yonilğisi uçun soliq stavkasi 200 ming sömdan 240 ming sömga;
➖ 1 tonna EKO dizel yonilğisi uçun esa amaldagi – 180 ming söm ustiga yana 36 ming qöşilib, 216 ming sömga aylanmoqda.
Yakuniy isteʼmolçiga sotiluvçi tovarlarga solinadigan aksiz soliği miqdori 1 tonna benzin uçun 87 ming sömga qimmatlaşdi (amalda – 378 480 söm) va 465 530 söm etib belgilandi. Bundan taşqari, 1 tonna dizel yonilğisi uçun aksiz soliği ham qariyb 80 mingga qimmatlab, (amalda – 346 275 söm) 425 918 söm miqdorida belgilandi.
Tabiiyki, şu örinda savol tuğiladi: soliq stavkalarining oşişi isteʼmolçiga taʼsir qiladimi?
Mazkur özgarişlarni hisobga olsak respublikada ommabop bölgan Ai-80 benzini misolida 1 tonnasi 127 050 sömga (QQSni hisobga olganda 146 108 sömga) yoki 1 litri 95 sömga oşişi mumkin.
👉 @xushnudbek 👈


