Abituriyentlar natijalarini eʼlon qiliş tartibi
Eng köp berilayotgan savollardan.
Javoblar ertasi kuniyoq çiqadi, deb eʼlon qilişgan edi. Lekin bir narsaga aniqlik kiritişimizni söraşmoqda. Ertasi kuni abituriyentning öqişga kirgan-kirmagani ham çiqadimi yoki faqat özining olgan ballini körsatişadimi?
Agar ertasiga faqat özining olgan ballini körsatişsayu, kirgan-kirmagani 15-avgustdan keyin maʼlum bölsa, unda oldingi yillardan juda katta farq körmayapman, ilgari ham heç qaçon abituriyentning olgan ballini sunʼiy kamaytirişmas edi, kim neça ball olgan bölsa, öşa oxirida ham özgarmasdi. Asosiy muammo qolganlarning balli kötarilib ketişida bölardi.
Agar ertasigayoq kirgan-kirmagani maʼlum bölsa, unda yana kiçik bir tuşunmovçilik bor. Bu harbiy imtiyoz olganlar bilan boğliq. Yaʼni harbiy imtiyoz olganlar 2 ta OTMni tanlaşi mumkin. Asosiyga balli yetmasa, ikkinçi OTMga kiriş imkoni böladi. Lekin joriy yilda ayrim turdoş OTMlarning testi turli kunlarda bölyapti. Masalan, asosiy OTMga kira olmagan harbiy imtiyozi bor abituriyentning hali öqişga kirmagani aniq bölmaydi, u keyingi kunni kutişiga töğri keladi. Balki ikkinçi OTMda ball pastroq bölsa, öqişga kiriş imkoni böladi. Endi bu jaa unaqa muammo emas, bugun "kirolmadingiz" deb xabar berib, ertaga "tabriklaymiz" deyişsa heç narsa qilmaydi. Şunçaki aytdimda.
Mazkur masalaga aniq javobni, menimça, ertaga bilib olsak kerak. Ilk natijalar çiqsinçi, şunda maʼlum böladi. Menda ham aniq javob yöq.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek
