Test sinovlarining 1-smenasi haqida maʼlumot berildi

Matn1-avgust, 2018, 16:032 daqiqa0 koʻrish

Boş vazir örinbosari Aziz Abduxakimov bugungi test sinovlarining 1-smenasi haqida Feysbukdagi sahifasi orqali maʼlumot qoldirdi:

Respublikamizdagi 15 ta oliy taʼlim muassasalarida test sinovlari bir vaqtda 8:00-dan boşlanib, 11:30-ga qadar töliq yakunlandi.

Test sinovlarida 15 ta oliy taʼlim muassasalarining 50 ta taʼlim yönalişida 30 ming 690 nafar abituriyent iştirok etdi.

Tezkor maʼlumotlarga köra test sinovlarida 29 856 nafar abituriyent iştirok etdi, 834 nafar abituriyent turli sabablarga köra test sinovlariga kelmadi.

Bundan taşqari, test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 76 nafar abituriyent test sinovlaridan çetlaştirildi (hududga kiriş joyida uyali telefon, şpargalkalar olib kirişga uringanligi uçun).

Test sinovlarini ötkazişga taʼlim muassasalaridan 2 ming 469 nafar guruh nazoratçilari jalb etilişi belgilangan. Şundan, 35 nafari iştirok etmadi.

Test natijalari Feldegerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini taʼminlagan holda Davlat test markaziga 2-smena yakunlangandan söng 18.30-dan qaytariş boşlanadi.

Toşkent şahrida test materiallari 1-smena tugaşi bilan 12.00dan boşlab Davlat test markaziga qaytariladi.

Yetib kelgan test natijalari böyiça darhol kompyuter yordamida qayta işlaş jarayoni boşlanadi.

Test natijalarini qayta işlaşda iştirok etadigan xodimlar test sinovlaridan bir kun oldin taşqi dunyodan uzilgan holda natijalar eʼlon qilingunga qadar Test markazida yaşaydi (taşqariga çiqmasdan, telefon va boşqa aloqa vositalarisiz).

Tegişli xizmatlar tomonidan örnatilgan tartibda jamoat va yonğin xavfsizligi, test materiallarining maxfiy va dahlsizligi, binolar faoliyat tizimining uzluksiz işlaşi, tibbiy xizmat va inşootlarni qöriqlaş töliq taʼminlandi.

Test sinovlari belgilangan reja asosida ötkazildi va ötkaziş jarayonida heç qanday köngilsiz hodisalar röy bermadi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek