Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şavkat Mirziyoyev oilaviy bolalar uylari vakillari bilan uçraşdi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0tahrirlangan

​Bolalarning quvonç köz yoşlari

Kökdala tumani faollari bilan uçraşuvda Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatida respublikada birinçilardan bölib Kitob tumanidagi 5-son va Qamaşidagi 4-son Mehribonlik uylari yopilib, ularning tarbiyalanuvçilari oilaviy bolalar uylariga olinganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Bu borada örnak körsatayotgan bağrikeng qaşqadaryolik oilalar va bolajonlar bilan uçraşdi.

Jumladan, Xusan Xolliyev va Gulbahor Xonimovalar oilasi 10 nafar, Şokir Suyunov va Gulbahor Hamidovalar oilasi 8 nafar, Baxtiyor Törayev va Gulbahor Allanazarova oilasi 5 nafar bolalarni öz qaramoğiga olganini Prezidentimiz maʼnaviy jasorat deb atab, ularga öz nomidan va butun xalqimiz nomidan çuqur minnatdorlik bildirdi.

Söngra Şavkat Mirziyoyev bolajonlarga sovğalar ulaşdi.

Bolajonlardan ayrimlari sözga ham çiqişdi. Barça gapirgan bolalar, u xoh yigit, xoh qiz bölsin, hayajonlanganidanmi yoki xursandligidanmi, entikib yiğlab yuborişdi. "Ota-ona mehrini his qilyapmiz, bundan juda xursandmiz" deyişdi közda yoş bilan bolajonlar.

Bolalarga qöşilib, zaldagilarning ham köziga beixtiyor yoş keldi. Hammamiz yengil yiğlab oldik.

«Hamma yaxşi amalning ajri bor, lekin yetimning boşini silaganning ajri boşqaça böladi, Sizlarga yana bir bor rahmat», — dedi Şavkat Mirziyoyev.

Şuningdek, davlat rahbari bolajonlarga murojaat qilib, heç qaçon öksimasliklarini, doim öziga işonç bilan yurişlarini, yaxşi öqib, tarbiya olib, Vatani uçun foydasi tegadigan inson bölib yetişişlarini sörab qoldi.

«Davlat va jamiyat sizlarni doim qöllab-quvvatlaşga tayyor, heç qaçon sizlarni yolğizlatib qöymaydi. Asosiysi Sizlar ota-onangizga quloq tutib, yaxşi öqib, ilm olsalaringiz böldi», — dedi Prezident.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 919
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek