Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Samarqand va Jizzaxda kuçli sel oqibatlari maʼlum qilindi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0tahrirlangan

​Sel keltirgan oqibatlar maʼlum qilindi

20-aprel kuni respublikaning ayrim hududlarida kuçli yoğingarçilik natijasida sel va toşqinlar yuzaga kelgan.

Samarqand va Jizzax viloyatlarida 1 soatu 30 daqiqada yoğib ötgan yomğir bir oylik yoğingarçilik miqdorini taşkil etgan.

Foriş tumanidagi sel oqimi “Egizbuloq” MFYda joylaşgan 260 ta xöjalikdan ötib, ularning 53 tasi töliq talofat körgan, 44 tasi örta va 163 tasi yengil darajada talofat körgan.

Qutqaruvçilar tomonidan 6 nafar fuqaro sel oqimlari içidan qutqarilgan. Uşbu hududda bunday sel oqimlari bundan taxminan 80 yillar avval kuzatilgan.

Sel oqimi 15-son maktab va 9-son boğça hududiga (binolarning 1-qavatiga) ham kirgan. 1,5 km içki yöllarga sel suvlari toşişi oqibatida transport vositalari harakati vaqtinçalik töxtatilgan.

“Egizbuloq” MFYda joylaşgan 25 ta xöjalikda istiqomat qiluvçi 100 dan ortiq fuqarolar vaqtinçalik yaşaş uçun yaqin qarindoşlarining uylariga köçirib ötkazilib, ular uçun hayotiy zarur mahsulotlar zaxirasi taşkil etilgan.

Hodisa oqibatlarini bartaraf etiş işlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati nazorati ostida davom ettirilmoqda, deyiladi FVVning xabarida.

Keça Jizzaxda kuzatilgan sel oqibatida 4 kişi vafot etgani maʼlum bölgandi.

Ilohim, suv balosidan Alloh özi asrasin, tezroq barçasi öz holiga tuşsin.

👉 @xushnudbek 👈

  • 😢 891
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek