Prezident ijtimoiy muassasalar faoliyati bo'yicha yig'ilish o'tkazdi

Albom8-aprel, 2022, 17:432 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Şavkat Mirziyoyev Toşkent şahridagi 102-sonli zaif eşituvçi bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internatda bölib turibdi va bu yerdagi şaroitlar bilan tanişdi.

Şu yerning özida “Saxovat”, “Muruvvat” va “Mehribonlik” uylari hamda maxsus maktab internatlari faoliyati böyiça videoselektor yiğilişi ötkazmoqda.

— Eng avvalo barçangizni, xalqimizni Uluğ ayyom kunlari bilan tabriklayman. Bu mavzuni bejizga aynan Muqaddas oyda va Juma kuni gaplaşmayapmiz. Çunki uşbu qutluğ oyda Allohning marhamati bilan, butun yer yuziga baraka va yaxşiliklar yoğiladi. Sabr-qanoat va xayr-saxovatli işlar uçun köp-köp savoblar yoziladi.

Muborak Qurʼoni Karimda ham “Yaxşilikning mukofoti faqat yaxşilikdir”, deb taʼkidlangan.

“Saxovat”, “Muruvvat” va “Mehribonlik” uylari, şuningdek maxsus maktab-internatlardagi yurtdoşlarimizga har qança ğamxörlik qilsak oz, - dedi davlat rahbari.

Hozir jamoatçilik vakillari, hokimlar va boşqa mutasaddilar bilan oçiq suhbat bölib ötmoqda.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 497
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek