Harbiy imtiyozlar ijodiy imtihonlarga tadbiq etilmaydi
Özim uçun yangi narsa kaşf qildim.
Ötgan yildan boşlab, harbiy imtiyozga ega abituriyentlarning imtiyozi faqat test sinovlariga tadbiq etiladigan bölgan ekan, kasbiy (ijodiy) imtihonlarga esa ball qöşilmaskan.
Çunki 2012-yil 31-maydagi PQ-1765-sonli Prezident qaroriga 2017-yil 4-aprel kuni özgartiriş kiritilib, quyidagiça band kiritilgan:test sinovlari natijalariga köra töplagan ballarining 50 foizi miqdorida qöşimça ball şaklidagi imtiyozga ega böladilar.
Bungaça esa uşbu band quyidagiça edi:
barça oliy taʼlim muassasalariga kirişda töplaş mumkin bölgan maksimal ballarning 27 foizi miqdorida qöşimça ball şaklidagi imtiyozga ega böladilar.
Ayrim yönalişlarda test sinovlari bilan birga ijodiy imtihonlar ham bor edi.
Joriy yildan boşlab esa abituriyentdan alohida iqtidor talab etiladigan madaniyat, sanʼat, dizayn, tasviriy va amaliy sanʼat, sanʼatşunoslik, musiqiy taʼlim, sport va jismoniy tarbiya sohasidagi taʼlim yönalişlariga qabul qilişda kiriş test sinovlari butunlay bekor qilinib, faqat ijodiy imtihonlar bölişi belgilangandi.
Demak, mana şu yönalişlarda endi harbiy imtiyozlar ötmaydi degani. Qanday yaxşi! Harbiy imtiyoz butunlay bekor qilinsa ham xursand bölardim, rosti.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ


