Söz erkinligi va haqorat örtasidagi farq
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0Afsuski biz söz erkinligini özgalarni haqorat qiliş deb tuşuna boşladik. Ijtimoiy tarmoqlarda kunda-kunora kimningdir şaxsini loyga qoriş, kimgadir mağzava ağdariş bilan şuğullanadiganlar köpayib ketdi.
Bittasi çiqvolib, "He, oğzingdan qoning kegur, iflos, haromi" deb kimnidir tanqid qilsa, hamma qarsak çaladigan zamonlar keldi.
- Heç kimdan qörqmaydi, kördingmi?
- Ha, nimasini aytasan, jasoratini qara, - deb rosa layklar yiğib berişadi.
Aslida suhbat quyidagiça bölişi kerak edi:
- Qonun mayliku (haqorat uçun javobgarlik bor), hatto Xudodan ham qörqmaydi, kördingmi?
- Ha, nimasini aytasan, farosatini qara.
Oğziga kelganini aytiş, bu har doim ham demokratiya, söz erkinligi yoki sözlovçining qörqmas-botirligining belgisi bölavermaydi.
Navoiy bobomiz aytganlariday:
Oldiga kelganni yemak – hayvonning işi,
Oğziga kelganni demak – nodonning işi.
P.S.: Bu umumiy holat haqida, maʼlum bir insonga qaratilmagan. Umumiy holat içida özim ham borman.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ






