Qahramon Uzoqov nogironlik aravaçasida Toşkentga yöl oldi
Manba:Daryo — LIVE
Şahrisabzning Örmontepa mahallasida yaşovçi Qahramon Uzoqov Şahrisabzdan Toşkent tomon yölga çiqdi. Albatta, Qahramon aka Toşkentga otlangan ilk şahrisabzlik emas, lekin ikki şahar orasidagi masofani faqat va faqat nogironlik aravaçasida bosib ötişga qaror qilgan nafaqat birinçi şahrisabzlik, balki birinçi özbekistonlik ham bölsa kerak.
Qahramon Uzoqov 20-iyunda yölga çiqqan bölsa, 10 kunda Jizzaxga yetib kelibdi. «Kuniga qança masofa bosayotganimni hisoblaganim yöq. Ayniqsa Jomboydan Ğallaorolgaça bölgan manzilda köp harakat qildim (Google Maps maʼlumotiga köra, ikki şahar orasidagi masofani piyoda 12 soatda bosib ötiş mumkin)», — deydi Qahramon aka.
Qahramon akaning asosiy maqsadi — Tashkent City’ni köriş; yöl davomida Samarqandni ham ziyorat qilgan. Aytişiça, yöl davomida unga yordam berganlar ham bölgan, tuşunmay, uni tilançi, «alkaş» deb öylaganlar ham çiqqan. «Men bu sayohatga odamlarning rahmini keltiriş uçun emas, Özbekistonning gözal göşalarini köriş uçun çiqdim», — deydi u.
Agar erta sovuq tuşib qolmasa, qolaversa, aravaçasi pand berib qöymasa, Toşkentdan söng Farğona vodiysiga, söng Buxoro va Xorazmga ham boriş niyatida. Aytişiça, aravaça yaxşi bölsa, yölda bexavotir ketaverasan, yöqsa bu issiqda qiynalib qoliş mumkin. «Eng katta orzuim — nogironlik aravaçasida Hajga boriş», — dedi şahrisabzlik irodali sayyoh.
Yölda Qahramon akani uçratib qolsangiz mehringizni ayamang. Atigi beş daqiqalik suhbat köngilni qançalar kötarişini his qilsangiz kifoya.
