Soliq tizimidagi 1245 nafar xodimning taqdiri

Matn30-iyun, 2018, 09:362 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Baʼzi xabarlarni öqib na xafa bölişingni, na xursand bölişingni bilmaysan. Vijdon va kasb örtasida qiynalasan.

Masalan, kuni keça Soliq qömitasi tizimida 1245 nafar xodim işdan böşatildi, degan xabarlar çiqdi.

Birinçidan, ular böşatilmagan, bu notöğri xabar.

Ikkinçidan, mehnat şartnomasini bunça odam bilan bekor qilişni öziga yaraşa tartibi va muddatlari bor. 1-2 kunda böladigan iş emas bu.

Unda bu gaplar qayerdan çiqdi? 26-iyundagi PQ-3802-sonli Prezident qarorining 12-bandida quyidagiça yozilgan:

Davlat soliq xizmati organlari xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy jihatlarga barham beriş maqsadida Çakana savdo va xizmat körsatiş sohasida huquqbuzarliklarni profilaktika qiliş boş boşqarmasi hamda uning hududiy bölinmalari tugatilsin.

Demak, şu boşqarma va hududiy bölinmalaridagi 1245 nafar xodimning örni qisqartiriladi. Buning uçun kamida 2 oy oldin ogohlantiriş beriş kerak.

Keyingi masala korrupsiyaviy jihatlar haqida. Demak, uşbu boşqarma korrupsiyaga moyil deya baholanmoqda va öşa xodimlarni soliq tizimidan butkul çetlatiş rejalaştirilgan.

Vaholanki, Mehnat kodeksining 92-moddasiga köra, agar “sokraşeniya” bölsa, unda xodimga mutaxassisligi va malakasiga muvofiq keladigan işni, bunday iş bölmagan taqdirda esa, - korxonada mavjud bölgan boşqa iş taklif etilişi şart. Yaʼni öşa 1245 nafar xodimga albatta soliq tizimidagi böş iş örinlari taklif etilişi şart.

Ammo, lekin, biroq... Ularga iş taklif qiliş uyoqda tursin, halitdan “böşatdik” deb xabar çiqarişdi.

Şu joyda odam fikr berişga qiynaladi-da. Köça-kuyda, tanişlarimiz orqali köp eşitganmiz, aksariyat soliqçilar deyarli har bir dökon, har bir tadbirkorlik subyektidan “dolya”da ötirgan. Ayrim joylarda çinakamiga tadbirkorlarning qonini sörişgan (tanganing ikkinçi tomoni – tadbirkor ham jaaa oppoq işlamaydi, sizdan ugina-bizdan bugina prinsipi).

Lekin hammamiz bilamiz degani, hamma aybdor degani emas. Ommaviy ayblov qöyiş oson işmas. Kamida aybsizlik prezumpsiyasi maydonga çiqişi kerak.

Niyat va maqsad tuşunarli: tizimni tozalaş, korrupsiyaga moyil bölgan tarmoqni butunlay tugatiş. Şaxsan men buni töliq qöllab-quvvatlayman, axir bu zörku!

Ammo bu “tozalaş” işlari qay darajada mehnat qonunçiligiga muvofiq ötkaziladi, mana bu katta savol.

Dilemma şundaki, xolis niyatda qonundan çetlaniş mumkinmi? Fikrlar ikkiga bölinadi. Kimdir töğri, kimdir notöğri deydi.

Hali xulosa qilişga erta. Soliq tizimidagi “tozalaş” işlari balki töliq qonun talablari asosida taşkil qilinar (ularga böş iş taklif qilinar). Balki keng tarqalgan eski usuldan foydalanişar: “arizangni yoz, böşa”. Hozirça bu menga qoronğu.

Asosiysi hali 1245 kişi böşatilmagan, şu aniq.

Ha, aytgança, men doim qonun tarafdoriman. Garçi niyat xolis bölsada, bu niyatni qonunni çetlab ötiş orqali bajarmaslik kerak. Bu mening şaxsiy fikrim, albatta.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek