Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston yoşlariga bayram tabrigi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn1 daqiqa0

Aziz yoşlar, qadrli farzandlarim!

Mana şu quvonçli kunda sizlarni, köpmillatli Özbekiston xalqini işontirib aytmoqçiman: biz yoşlarga doir davlat siyosatini heç oğişmasdan, qatʼiyat bilan davom ettiramiz. Nafaqat davom ettiramiz, balki bu siyosatni ustuvor vazifa sifatida bugun davr talab qilayotgan yuksak darajaga kötaramiz. Sizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab, hayotda öz mustahkam örningizni topişingiz, baxtli bölişingiz uçun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuç va imkoniyatlarini safarbar etamiz.

Siz, jondan aziz öğil-qizlarimizdan faqat bitta iltimosimiz, bitta tilagimiz bor: ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz, xalqimizning sizlardan kutayotgan orzu-umidlarini amaliy işlar bilan röyobga çiqariş yölida hormang, çarçamang!

Öqiş-örganiş, doimiy izlaniş, ilm-fanga, taraqqiyot çöqqilarini egallaşga intilib yaşaş doimo hamrohingiz bölsin!

Men sizlarning har biringizga el-yurtimiz faxrlanadigan, jonajon Özbekistonimizning munosib farzandi, haqiqiy inson böliş baxti nasib etişini tilayman.

Sizlarni Yoşlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barçangizga yangi yutuqlar, baxt va omad tilayman.

Hamişa soğ-omon böling, aziz farzandlarim!

Şavkat MIRZIYOYEV,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek