Şavkat Mirziyoyev tabriklar uçun minnatdorlik bildirdi

Matn25-iyul, 2020, 08:271 daqiqa0 koʻrish

Samimiy minnatdorlik

Tavallud topgan kunim munosabati bilan çin dildan tabriklab, samimiy qutlov va ezgu tilaklarni yöllagan davlat va hukumat boşliqlariga, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, xalqaro taşkilotlar rahbarlariga, işbilarmon doiralar vakillariga, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalariga, turli kasb egalari bölgan barça vatandoşlarimizga çuqur minnatdorligimni izhor etaman.

Mening şaʼnimga bildirilgan, men uçun ğoyat qadrli bölgan uşbu tabrik va tilaklarni, avvalambor, Özbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, mamlakatimizning bugungi va ertangi kuniga bölgan işonç ifodasi sifatida qabul qilaman.

Fursatdan foydalanib, mehnatsevar, bağrikeng va olijanob xalqimizga yana bir bor çin qalbimdan farzandlik mehrimni va hurmatimni bildiraman.

Köpmillatli xalqimiz bilan birga bugungi murakkab sinovlardan munosib ötib, jonajon Özbekistonimiz ravnaqi va el-yurtimiz farovonligi yölida oldimizga qöygan ulkan maqsadlarga albatta yetamiz, deb işonaman.
 
Şavkat MIRZIYOYEV,
Özbekiston Respublikasi Prezidenti

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek