Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

Şanba va yakşanba kunlari maşinada harakatlaniş tartibi

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanalMatn2 daqiqa0

❓🚘 Şanba va yakşanba kunlari kimlar avtomaşinada harakatlanişi mumkin?

Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan ertaga va indinga, yaʼni 25-26-iyul (şanba va yakşanba) kunlari butun sutka davomida respublika miqyosida harakatlaniş, avtotransport vositalarining, şu jumladan, yönalişsiz taksilarning harakati töliq töxtatiladi.

🚙 Şanba va yakşanba kunlari quyidagi 2 toifa avtomaşinalarga harakatlaniş uçun ruxsat beriladi:

1) maxsus ruxsatnoma (stiker)lari bor maşinalar;

2) maxsus ruxsatnoma (stiker)siz yuriş huquqiga ega bölgan avtomaşnalar. Ularning töliq röyxati mana bu yerda:
t.me/xushnudbek/6290

🤷‍♂️ Ötgan haftada ayrim hududlarda hatto stikeri bor yoki Maxsus komissiya tasdiqlagan röyxatga kiritilgan bölsa ham, blokpostlarda maşinalarni töxtatib, harakatlanişga ruxsat berişmagani haqida eʼtirozlarni köp eşitdik. Bu özboşimçalikdan boşqa narsa emas. Respublika maxsus komissiyasining qarori barça fuqarolar uçun majburiy deb işontirişga harakat qilişayotgan bir paytda (lekin bu böyiça köp bahslaşiş mumkin), uşbu qarorlarga hokimliklar va huquq tartibot idoralari ham birdek amal qilişi şart! Yoki qarorlar faqat oddiy xalq uçun çiqarilganu, davlat taşkilotlari unga amal qilmasa ham bölaveradimi? Agar hamma hudud özini aqli yetganiça qarorlarni ijro etaversa, karvonsaroy bölib ketadiku, axir.

❓Taksilar işlaydimi?

Şanba va yakşanba kunlari butun sutka davomida:

❌ taksilar faoliyat olib borişi mumkin emas. Stikeri bormi, litsenziyasi bormi, farqi yöq, barça hollarda taksida odam taşiş taqiqlanadi;

✅ yetkazib beriş xizmatlari (keytering) odatdagiday faoliyat yuritaveradi. Taksilar aynan yetkazib beriş xizmatida şanba-yakşanba kunlari işlaşi mumkin. Maxsus komissiya qarori bilan, yetkazib beriş xizmati taşkilotlarining avtotransport vositalariga stikersiz yuriş huquqi berilgan.

🍞 şanba va yakşanba kunlari oziq-ovqat dökonlari ham yopilmaydi, ular faoliyat olib boradi.

‼️ Eslatib ötamiz, 25-26-iyul (şanba va yakşanba) kunlari quyidagilar tavsiya etiladi:

• aholiga – “özini özi yakkalaş” hayot tarziga qatʼiy rioya etgan holda öz uylarida qoliş;

• davlat organlari va muassasalari, xöjalik birlaşmalari hamda boşqa taşkilotlarga – xodimlarni işga jalb etmaslik, xodimlarning uşbu kunlarda uyda qolişi uçun şaroit yaratiş.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek