Yaponiyada birovning haqqidan qörqiş va axloq tuşunçasi
Birovning haqqidan qörqiş
Safar davomida bir şerigimiz iPhone 6S telefonini yöqotib qöydi. Qayerda tuşirib qöyganini aniq bilmaydi, ehtimol oxirgi kirgan 6 qavatli savdo markazida qoldirgan bölsam kerak, deb taxmin qildi. Qaytib borgandi, savdo markazi yopilibdi (Yaponiyada deyarli barça dökon va muassasalar 21:00-gaça taqa-taq yopiladi).
Ertasi kuni savdo markaziga borgandi, telefoni qöriqlaş xizmatida turganmiş. Kimdir telefonni topib olib, security’ga berib ketibdi.
Xuddi şunga öxşaş voqeani juda köpçilikdan eşitdim. Aytişlariça, Yaponiyada yöqotilgan buyumlarning taxminan 95%i topilarkan. Çunki yapon xalqi birovning haqqiga xiyonat qilişdan juda qörqadi. Birovning haqqi deganda faqat moddiy mulk (pul yoki buyum) emas, balki özganing vaqti, özganing mehnati, özganing navbati, özganing kayfiyati va h.k.lar ham tuşuniladi.
Şu sababli ham yaponlar korrupsiya, pora degan narsalarni hazm qila olişmaydi. Universitetda öqituvçisiga Özbekistondan kelgan mevalarni sovğa sifatida berib, talabalikdan haydalib ketişiga sal qolgani haqida gapirib berdi bir döstimiz.
Bizning jamiyatda ham ana şunday odat şakllanişini çin dildan istar edim.
@iqtiboslar kanalida ayni şu mavzuda kuni-keça yaxşi post qoldirilgandi, Sizga ham ilindim:
“Yozda Yaponiyaga borib kelgan bir tanişimiz uşbu davlat haqida hikoya qilgandi - “Biror joyga narsangizni qöysangiz, heç qaçon yöqolmaydi. Birovni haqqidan juda qörqişadi”. Bu rost, avval ham eşitgandim, yangi çiqqan bir kinoning özi obuna bölgan kontentda çiqişini sabrsizlik bilan kutib yurgan bir yapondan “mana fleşkamda turibdi şu kino, taşlab beraymi?” deb söragan özbek döstim rad javobini eşitib, hayron qolgan. “Yöq, bu mualliflik huquqiga zid, yaxşisi yana ozgina sabr qilaman, çiqib qoladi özimizda” degan javob yangragan.
Şu bilan birga, haligi tanişim yaponlarning judayam içuvçi xalq ekanini aytdi, masalan, bizga öxşab faqat uysiz bomjlar emas, ança bilimli, talaba yoşlar ham, umuman har kim, içib köçada dumalab qolişi tabiiy hol ekan. Yölovçilar indamay qarab, ötib ketaverişarkan – “ha bir kayf qilibdi-da”, yaʼni ertasiga, “falonçi alkaş bölib ketibdi, dumalab yotganini kördim” deb yurişmasa ham kerak. Ahloqsiz millat.
Bilasizmi, ahloq insonni muhtaram etadigan eng muhim ölçovdir. Jamiyatdagi özaro munosabatlar şu asosda şakllanadi. Yaponlardan hayron bölayotganimizning sababi şu, ahloqni biz ular bilan biroz farqli tuşunarkanmiz. Masalan, bir yapon uçun ahloqli inson – avvalo, birovning haqqiga xiyonat qilmaydigan odam. U alkaş bölişi, zinoga berilişi, boşqaçaroq kiyinişi mumkin, lekin birovning haqqiga (pul, vaqt, zulm) xiyonat qilmasa, u ahloqli, özbekça taʼbir bilan aytganda, “bemalol qiz bersa böladi”.
Avval ham yozgandim şekilli, islomda ikki turli gunohlar böladi. Birinçisi, Alloh bilan kişi örtasidagi gunoh – namoz öqimaslik, röza tutmaslik, aroq içiş, zino qiliş kabi.
Ikkinçisi, ham Alloh, ham boşqa insonlarning haqqi – öğrilik, poraxörlik, yolğon, zulm. Aynan ikkinçi turdagi gunohlarning tavbasi oğir ekani, qiyomatda mazlum bandasi rozi bölmagunça, Alloh ham keçirmasligi aytiladi.
Endi qarang, biz insonning özi uçun zulm bölgan masalalardagi ayblarini ahloqsizlik deb atar ekanmiz va şunga qarab, unga munosabat qilar ekanmiz. Lekin poraxör, zolim, hatto öğri bölsa-da, ularni uyimizning töriga ötirğizamiz, madaniyatli, ahloqli sanaymiz.
Biz qaçonki, ahloq deganda faqat muloyim gapiriş, kiyiniş, zararli odatlardan xoli bölişni emas, birovni haqqiga xiyonat qilmaslikni ham tuşunsak, poraxörni ahloqsiz deb ataşni boşlasak, juda köp balolardan xalos bölişimiz mumkin. Bu tarbiya. Yoş bola içib dumalab yotişni naqadar xunuk va yomon deb bilsa, poradan ham şunçalik xazar qilib ulğaysa...”
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈

