Özbekkino telekanallarni qaroqçilikda ayblamoqda

Matn3-noyabr, 2019, 09:002 daqiqa0 koʻrish

«Özbekkino»: telekanallar köpçilik filmlarni sof qaroqçilik bilan namoyiş etmoqda. Ogohlantiriş iş bermasa, sudlaşiladi

2-noyabr kuni «Özbekkino» milliy agentligida Badiiy kengaş yiğilişi bölib ötdi.

Kun.uz muxbiri xabar berişiça, unda quyidagi fikrlar aytilgan:

«Özbekkino» milliy agentligi direktori örinbosari Şuhrat Rizayev:

«Davlat va nodavlat telekanallarimizda mualliflik huquqi tuşunçasi şunçalik qadrsizki, ular kinoijodkorlar tomonidan oylar, yillar davomida ter tökib işlangan filmlarni istaganiça, xohlagan joyidan qirqib efirga beraveradi.

Birorta filmni körmaymizki, u töliq efirga berilgan bölsa. Yöq, albatta qayerigadir qayçi urişadi, qayerinidir olib taşlaşadi yoki titrlarni kesişadi.

Şuningdek, davlat va nodavlat telekanallarida namoyiş etilayotgan filmlarning ayrimlari muayyan şartnoma asosida berilgandir, ammo köpçiligi sof qaroqçilik yösinida foydalanilmoqda».

Kinorejissyor Zulfiqor Musoqov:

«Biror filmim yöqki, u kesilmagan bölsa, hatto «Vatan»dan ham köplab epizodlarni kesib taşlaşdi.

Yaqinda oçilgan Özbekiston tarixi telekanalida «Berlin-Oqqörğon» filmim namoyişini körib rosti, yiğladim. Bilasizmi, filmning bor mazmunini oçib beradigan kadrlar yöq.

Sevişganlarning birinçi bösasi, qizil nemis bayroği körsatilgan, odam çavaqlanib yotgan kadrlar olib taşlangan.

Kanalda işlaydigan tanişimning aytişiça, bu tepadan tuşgan buyruq ekan. Buyruqning sababini qarang, nemislarni öşa bayroği bizni Xalqlar döstligidagi bayroqdan köra kattaroq ekan.

Nahotki, kino filmlarimizning taqdiri şunday saviyasiz, madaniyatsiz, maʼlumotsizlar qöliga qolgan bölsa.

Xodjayev bilan ham gaplaşdim (Alişer Xodjayev – MTRK raisi tah.). Uning aytişiça, qölida 3 mingta odam işlar ekan va ularning orasida ahmoqlari ham bormiş. Lekin keçirasiz, efirga u javobgar-ku.

Men «Özbekkino» milliy agentligida rahbarlik qilgan hamma insonlarga bu masalani aytganman, lekin ular televideniye bilan aloqalar yomonlaşişidan qörqişadi.

Men yuksak kabinetlarga kirolmayman, sizlar şu gaplarimni davlat telekanallari rahbarlariga yetkazinglar», deya agentlik rahbari Firdavs Abduxoliqovga murojaat qildi taniqli kinorejissyor.

Badiiy kengaş aʼzosi Murod Muhammad Döst:

«Bilmayman, davlat telekanallari nimani va nimadan himoya qilmoqçi özi?

Agar filmlarni qirqadiganlar juda uyatçan bölişsa, qonunda belgilanganidek, yoş toifasiga doir belgi bilan çiqarişsin (+18 tah.), lekin filmlarimizda juda uyatli gaplar ham yöq-ku. Agar nazoratçilarning bu uyatçanligi bölsa, qanday qilib «Şum bola»ni, «Ötkan kunlar»ni odamlarga körsatamiz?

Men tuşunmayman, bu «uyatçanlar» özini xuddiki jamiyatni axloq darvozasi oldiga qöyilgan qorovuldek tutişadi.

Agar davlat telekanallari kino kesişni şunday davom ettirsa, «Özbekkino»ning badiiy kengaşi nima kerak?

Ularga ijodkor mehnati, ijodi degan tuşunçalarning esa tiyinçalik qadri yöq», deydi Murod Muhammad Döst.

Yiğilişda «Özbekkino» milliy agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov badiiy kengaşda bildirilgan fikrlar inobatga olinişini, hamda Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga agentlikning ogohlantiriş xati yuborilişi, agar bu ogohlantiriş xati iş bermasa, telekanallar bilan qonuniy asosda sud orqali munosabatlar oydinlaştirib olinişini bildirdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek