Toşkentda Özbek milliy kino sanʼati haftaligi bölib ötadi

Matn9-yanvar, 2021, 16:381 daqiqa0 koʻrish

11-16-yanvar kunlari Toşkentda Kino haftaligi bölib ötadi

Joriy yilning 11-16-yanvar kunlari Yoşlar ijod saroyida "Özbekkino" Milliy agentligi tomonidan "Özbek milliy kino sanʼati haftaligi" taşkil etiladi. Haftalik davomida yangi kinoloyihalar taqdimoti, yoşlar uçun mahorat darslari, davra suhbatlari, kasting va konferensiyalar hamda har kun sönggida yangi filmlar premyeralari bölib ötadi.

Bundan taşqari, Respublika böylab taniqli kinoijodkorlar bilan ijodiy uçraşuvlar taşkil etilib, aholi bilan özbek kino sanʼati tarixi va bugungi kuni böyiça muloqot uyuştiriladi. Uçraşuvlar sönggida bir qator tarixiy-badiiy filmlarning bepul namoyişi bölib ötadi. Kino haftalik doirasida Butunrossiya kinematografiya institutining Toşkentda filialini oçiş, Toşkent Xalqaro kinofestivalini taşkil qiliş, çet elda saqlanayotgan özbek filmlarining mumtoz namunalarini qaytariş, yoş kinoijodkorlarga şaroit va imkoniyat yaratiş kabi muhim topşiriqlar böyiça ekspertlar hamda mutaxassislar bilan "Özbekkino"ning 2021-yilgi "yöl xaritasi" qabul qilinadi.

Şuningdek, haftalik davomida milliy multiplikatsiya, hujjatli va badiiy filmlar hamda yoş kinoijodkorlar kunlari, bir neçta kasting va pitçinglar, kino sohasiga oid dolzabr mavzularda konferensiyalar hamda ijodiy uçraşuvlar ötkaziladi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek