Yöl harakati qoidalariga rioya qilişning şarʼiy hukmi
Yöl harakati qoidalarini tartibga soliş - şarʼiy siyosat mahsuli
Diniy olim Mubaşşir Ahmad domla yöl harakati qoidalariga oid bahslar yuzasidan öz munosabatini bildirdi. Şuni sizlar bilan ulaşgim keldi:
“Şarʼiy siyosat - şariatda dalili yöq masalalarni hokim tomonidan jamiyatga manfaatni jalb qiliş va zararni daf etişni öylab joriy qilgan farmon yo hukmidir va unga rioya qiliş vojib sanaladi.
Masalan, svetofor qoidalari, öq çiziqni bosmaslik va tezlikni oşirmaslik inson hayoti yo soğligini saqlab qoliş uçun joriy qilingan. Binobarin bu işlar jamiyatga foyda keltiradi yo zararni daf qiladi.
Garçi bu qoidalar yangi paydo bölgani uçun Qurʼon va Sunnatda sarih va ravşan dalilga ega bölmasa-da, ammo bu ikki manbadan olingan qoidalar içida "manfaatni jalb qiliş yoki zararni daf etiş" ham mavjud bölgani sababli, bu qoidalarga rioya qiliş vojib böladi.
Endi ana şu qoidalarni buzganlarni masʼul jihatlarga yetkaziş mavzusiga kelsak, qadimda islom diyorida muhtasiblik va ihtisob işlari joriy qilingan.
Muhtasibning vazifasi jumladan joriy hukm va qoidalar xalq tomonidan qanday bajarilayotganini nazorat qilişni va huquqi berilgan bölsa hatto jazolaşni öz içiga olgan.
Binobarin hozirgi holatimizda yöl harakati qoidalariga rioya etmayotganlarni suratga olib, tegişli jihatlarga yuborayotgan kişilarni ana şu muhtasiblarga öxşatsak böladi.
Çunki ular itoat etilişi kerak bölgan qoidabuzarliklar haqida xabar berişmoqda. Buni qonun çiqaruvçi jihat joriy qilgan va ularni bu işlarini qöllab-quvvatlaydi.
Agar haqlari yöq va qonuniy bölmagan işlarni yetkazişsa, yaʼni şariatda buyurilmagan yoki hokim amr etmagan işlarda ayğoqçilik qilişsa, u holda xoin deya atalişlari mumkin.
Mavzuni yaxşilab örganmoqçi bölganlar "Şarʼiy siyosat" va "Hisba va muhtasiblik" mavzulariga murojaat qilsinlar”.
Post tugadi.
👉 @xushnudbek 👈


