Öqişni imtihonsiz köçiriş haqidagi xabarlar yolğon

Foto8-yanvar, 2021, 09:201 daqiqa0 koʻrish

DIQQAT, YOLĞON XABARLARGA IŞONMANG!

❗️Ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, telegram kanallarda qöşni davlatlardan imtihonsiz Özbekistonga öqişni köçiriş mumkinligi, buning uçun 15-fevralgaça arizalar Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligida qabul qilinişi töğrisida xabarlar tarqalmoqda.

⚠️ Mazkur xabarlar heç qanday asosga ega emas va yolğon hisoblanadi. Bu haqda vazirlik rasman bayonot berdi.

Bunaqa feyk xabarlar tez-tez uçrab turadi. Ayniqsa avvalgi yillardagi xabarni şundoqligiça olib, tarqatişadi, qarabsizki, minglab sodda insonlar işonib ketaveradi. Tekşirib ham körişmaydi. Bugungi kunlarda öqişni köçirişga oid tarqatilayotgan xabarlar ham ötgan yilgi bir martalik aksiyadan olingan. Joriy yilda unaqa aksiya bölmaydi, bu kutilmayapti.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek