Öqişni köçiriş böyiça ruxsat etilganlar röyxati çiqdi

Matn11-sentabr, 2020, 15:152 daqiqa0 koʻrish

Öqişini köçiriş böyiça ariza bergan talabalar diqqatiga!

Özbekiston davlat oliy taʼlim muassasalaridan turdoş taʼlim yönalişlari böyiça Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tizimidagi OTMlarga öqişi köçirilişi RUXSAT ETILGAN talabalar röyxati tegişli oliy taʼlim muassasalariga yuborilgan.

Sizga ruxsat etilgan yoki etilmaganini biliş uçun özingiz ariza topşirgan OTMning rasmiy veb-sayti yoki Telegram kanallarini tekşirib köring.

❗️Röyxatda nomi çiqqan talabalardan tegişli oliy taʼlim muassasasiga murojaat qilişlari söraladi.

‼️ Muhim eslatmalar:

1️⃣ bu yerda gap faqat içki perevodlar haqida ketmoqda, xorijdan yoki Özbekistondagi xorijiy OTMlar filiallari va nodavlat universitetlardan öqişni köçiriş javobi hozirça çiqqani yöq, qaçon çiqişi ham maʼlum emas. Bu Davlat qabul komissiyasi qaroriga boğliq;

2️⃣ bu yerda gap faqat turdoş yönalişlar haqida ketmoqda. Turdoş bölmagan yönalişlarga öqişni köçiriş masalasida (aytaylik pedagogikadan moliyaga) hali javoblar çiqqani yöq, qaçon çiqişi ham maʼlum emas.

3️⃣ bu yerda gap faqat Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufidagi OTMlar haqida ketmoqda. Yaʼni respublika içida turdoş bölgan bir yönalişdan boşqasiga (masalan, iqtisoddan iqtisodga, tibbiyotdan tibbiyotga, tarixdan tarixga va h.k.) öqişni köçiriş masalasini OTM böysunadigan vazirlik hal qiladi. Har bir vazirlik öz tasarrufidagi OTMlar böyiça alohida qaror qabul qiladi. Hozirça Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi tasarrufidagi OTMlarning javobi çiqdi (eng köp OTMlar şu vazirlikka qaraşli). Boşqa yönalişlarda, masalan tibbiyot sohasida Soğliqni saqlaş vazirligi, agrar sohada Qişloq xöjaligi vazirligi, sanʼat sohasida Madaniyat vazirligi qaror qabul qilişi kerak. Hozirça ular qaror qabul qilgan-qilmagani maʼlum emas.

4️⃣ bu yerda gap faqat öqişni köçirişga ruxsat etilgan talabalar haqida ketmoqda. Yaʼni agar sizning familiyangiz röyxatda çiqqan bölsa, bu hali talabalikka qabul qilinganingizni anglatmaydi. Agar fanlardan farqingiz bölsa, ularni yopişingiz, tegişli tartibda kontrakt tölovlarini amalga oşirişingiz kerak va yana boşqa ayrim taşkiliy jarayonlar amalga oşgaç, sizni talabalikka qabul qiliş töğrisida buyruq çiqariladi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek