Qöşni davlatlardan öqişni köçiriş böyiça arizalar qabul qilinadi

Matn6-fevral, 2020, 13:572 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​​​Qöşni davlatlardagi OTMlardan talabalar öqişini köçiriş böyiça arizalar qabul qilinadi

Qöşni davlatlardagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan Özbekiston Republikasi fuqarolaridan ularning öqişini köçiriş böyiça arizalar qabul qilinadi, deb xabar bermoqda Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi.

Arizalar 2020-yilning 7-fevralidan 15-fevraliga qadar (şu kuni ham) har kuni soat 9:00-dan 17:00-gaça qabul qilinadi va suhbatlar ötkaziladi.

✅ Öqişni köçiriş böyiça arizalar quyidagi mezonlarga asosan qabul qilinadi:

👉 fuqaroning doimiy yaşaş manzili (oliy taʼlim muassasasining siğimi yoki hududdagi oliy taʼlim muassasalarida tegişli soha böyiça bakalavriat taʼlim yönalişlari mavjud bölmagan holatlarda, istisno tariqasida boşqa viloyatdagi oliy taʼlim muassasasiga tavsiya etilişi mumkin);

👉 talaba öqiyotgan bakalavriat taʼlim yönalişining öqişi köçirilayotgan bakalavriat taʼlim yönalişiga mosligi (bunday yönaliş mavjud bölmagan taqdirda, turdoş ekanligi);

👉 xorijda talaba öqiyotgan bakalavriat taʼlim yönalişlarining xususiyatlarini inobatga olgan holda, ularni asosan sirtqi va keçki taʼlim şakllariga tavsiya etiş;

👉 talabalar öqişini köçirişda Özbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining mavjud imkoniyatlari (moddiy-texnik baza, jumladan smenalik koeffitsiyenti, professor-öqituvçilar bilan taʼminlanganlik darajasi va boşqalar) inobatga olinadi.

✅ Fuqarolardan Hududiy işçi guruhlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etişlari söraladi:

👉 ariza (joyida töldiriladi);

👉 reyting daftarçasi yoki akademik maʼlumotnoma (transkript) nusxasi;

👉 pasport nusxasi.

Xorijiy oliy taʼlim muassasalaridan talabalar öqişini respublika oliy taʼlim muassasalariga köçiriş tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.

Murojaat uçun telefonlar:

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi – 71-246-38-57

Soğliqni saqlaş vazirligi – 71-241-16-91.

👉 @xushnudbek 👈

  • ❤ 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek