UZTELECOM talaba va öqituvçilar uçun yangi tarif çiqardi
Nihoyat onlayn darslarda asosiy muammolardan biri — internet trafiklari masalasiga aloqa operatorlaridan yeçim taklif qilinyapti.
UZTELECOM GSM mobil aloqa abonentlari uçun talaba va öqituvçilarga möljallangan “TA'LIM” tarif rejasini işlab çiqibdi.
Talabalar va öqituvçilar endi atigi 34 ming 900 söm evaziga:
— 8 000 MB internet trafik;
— “TA’LIM” tarif rejasidagi qönğiroqlarga 1000 daqiqa, Özbekiston böylab qönğiroqlar uçun 300 daqiqa;
— 500 SMS olişlari mumkin.⠀
Bundan taşqari, “TA’LIM” tarifiga ulanganlar uçun 5000, 8000 va 12000 MB paketlarga 20% gaça, ZiyoNET xizmatiga abonent tölovi uçun esa 50% çegirma ham berilyapti ekan.
Kompaniya vakillarining aytişiça, “TA'LIM” tarif rejasida talabalar va professor-öqituvçilar masofaviy taʼlim oliş uçun Özbekiston OTMlari, vazirliklar, idoralar, ilmiy-uslubiy markazlarining 100dan ortiq öquv va axborot platformalariga şu bilan birgalikda veb-saytlariga internet-trafikni sarf qilmasdan mutlaqo bepul kirişlari mumkin böladi.
Mana şunisi juda yaxşi iş bölibdi!


