Bilim va diplom örtasidagi farq hamda mehnat bozori
Yuqoridagi "diplom uçun öqiş" mavzusini davom ettirgan holda, Toşkent yoşlar forumidagi çiqişim payti berilgan bir savol yodimga tuşib ketdi.
Bizda bilimga emas, diplomga köproq urğu qaratilişining bir qança omillari va sabablari bor. Bu juda katta mavzu, qisqa qilib tuşuntirib bölmaydi. Bitta iş bilan özgarib ham qolmaydi, kompleks çoralar kerak.
Masalan, bozorda davlat sektori uluşining juda kattaligi, davlat işiga kiriş uçun esa oliy maʼlumot talabi keragidan ortiqça kasb va lavozimlarga qöyilgani ham buning omillaridan biri. Çunki xususiy sektor natijaga işlaydi, natija bölişi uçun diplomdan köra, bilim va malaka kerak. Iş beruvçilarning bunday talabi esa öz-özidan taʼlim tizimiga taʼsir körsatadi.
Şu sababli tezroq xususiy sektor rivojlansa va davlat sektorida mehnat talablari liberallaşsa, asta-sekin holat ham özgarişi mumkin.
Yoşlar forumidagi çiqişimning töliq videosi mana bu yerda:
https://youtu.be/Y1d0-stLW5c
👉 @xushnudbek 👈



