Öqişni köçirişga oid eski xabarlarga işonmang
«Perevod»ga oid eski xabarlarga işonmang!
Şu kunlarda Telegramda ötgan yili kanalimda yozilgan eski xabar tarqalmoqda. Yaʼni 56,7 balldan köp, lekin 100 balldan kam töplaganlarga ham öqişini tibbiyot oliygohlariga köçirişga ruxsat berildi, degan xabar aslida 2020-yil 13-noyabrda eʼlon qilingan edi.
Qaysidir ğaraz niyatli insonlar şu xabarni xuddi yangi xabardek meni nomimdan Telegramda tarqatişmoqda. Sodda yurtdoşlarimiz esa buni tekşirib ham körmasdan, çippa-çin işonmoqda (özi biror marta biror xabarni tekşirganmidik?).
Axborot makonimizning eng katta muammolaridan biri ham şu. Minglab insonlarni bitta yolğon yoki feyk xabar bilan aldaş mumkin. Sodda odamlar oldidan nima xabar çiqsa, öşanga laqqa tuşib işonib ketaveradi. Bu esa firibgarlarga rosa qöl keladi.
Xullas, joriy yilda bunaqa gap yöq. Öqişni köçirişda tibbiyot OTMlari uçun 100 ball ötiş bali belgilangan va buni kamaytiriş rejalaştirilmayapti. Kamaytirilmasa ham kerak.
Iltimos, eski xabarlarga işonib, ovora bölib qolmang.
👉 @xushnudbek 👈



